Afg’oniston shimolida Tolibon politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Balh xavfsizlik boshqarmasi kotibi Odilshox Odil ma’lum qilishicha, hujumda 7 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

1146887
Afg’oniston shimolida Tolibon politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Tolibon jangarilari Afg’oniston shimolida joylashgan Balh viloyati Chemtel tumanidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi.

Hujumda 7 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Balh xavfsizlik boshqarmasi kotibi Odilshox Odil ma’lum qilishicha, jangarilar Chemtaldagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qilgan. So’ngra otishma boshlangan. Otishmalarda 7 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan. Voqea joyiga qo’shimcha harbiy kuch yetib kelgach, jangarilar qochishga muvaffaq bo’lishgan.

Otishmalarda Tolibon jangarilaridan ham o’lganlar bor.

Tolibon o’ldirilgan politsiya xodimlari orasida ikki qo’mondon ham borligini ma’lum qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Balh , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar