Saudiya Arabistoni va Pokiston o’rtasida 20 mlrd dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon rasmiy tashrif bilan Pokistonga keldi.

1147107
Saudiya Arabistoni va Pokiston o’rtasida 20 mlrd dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon rasmiy tashrif bilan Pokistonga keldi.

Shahzoda Salmon sharafiga Pokiston bosh vaziri Imron Xon tomonidan rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi.

Poytaxt Islomoboddagi marosimda nutq so’zlagan Muhammad bin Salmon Saudiya investitsiyasi ikki mamlakat uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

Ikki davlat turizm sohasida ham investitsiya shartnomasi tuzishini ma’lum qilgan Salmon, 2030 yilgacha o’zaro sayyohlar sonini 50 mlnga chiqarish istagini tilga oldi.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon esa, Saudiya Arabistoni bilan turizm va neftkimyo sohasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, pokistonlik hojilarning Saudiya Arabistoniga safarini hamda ularning viza olishini qulaylashtirishni, Saudiyadagi qamoqxonalarda 3000 dan ortiq pokistonlikning ozod etilishini talab qildi.

Ma’ruzalardan so’ng, Saudiya Arabistoni va Pokiston o’rtasida neftkimyo, ma’dan, energiya qazib olish va uni qayta ishlash, energiya homashyosini qayta ishlab chiqarish bo’yicha yirik loyihalar, xizmat sektori va sport sohalari bo’yicha 20 mlrd dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.

 

 



Aloqador xabarlar