Abu-Dabida uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi

Abu-Dabida Insonsiz havo transporti orqali uyushtirilganidan gumon qilingan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi.

1764026
Abu-Dabida uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabida Insonsiz havo transporti orqali uyushtirilganidan gumon qilingan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi tan jarohati oldi.

BAA rasmiy agentligi WAM xabariga ko‘ra, Abu-Dabidagi Musaffoh hududiga qarshi Insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirilgan.

Hujum oqibatida 3 ta tankerda portlash sodir bo‘lgani qayd etildi.

Abu-Dabi politsiyasi Insonsiz havo transporti hujmida biri pokistonlik va 2 nafari hindistonlik jami 3 kishining halok bo‘lganini va 6 kishining tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Portlash ortidan BAA milliy neft kompaniyasi ADNOC bilan Abu-Dabi Xalqaro aeroporti yaqinida yong‘in kelib chiqqani xabar qilindi.

Shuningdek husiylarning harbiy voizi Yahyo Seri, husiylarga tegishli Al-Masira telekanaliga bergan bayonotida, bir necha soatlardan keyin BAAning tublariga qarshi uyushtirilgan harbiy hujum haqida bayonot berishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Abu-Dabi , #hujum

Aloqador xabarlar