Afg'onistonda uyushtirilgan hujum 6 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo'ldi

Afg'onistonda uyushtirilgan va undan Tolibon javobgar deb topilgan hujum 6 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo'ldi.

1301818
Afg'onistonda uyushtirilgan hujum 6 nafar politsiya xodimining umriga zomin bo'ldi

Afg’onistonning g’arbidagi Badgis viloyatida uyushtirilgan bombali hujumda 6 nafar politsiya xodimi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 5 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.

Badgis Milliy politsiya idorasi yetakchisi Shir Aka Alkoziy matbuotga bergan bayonotida, yo’l chetiga joylashtirib qo’yilgan bombaning, politsiya vositasining o’tishi chog’ida portlatilganligini ma’lum qildi.

Hujumda 6 nafar politsiya xodimining jon berganligini qayd etgan Alkoziy, jon berganlardan tashqari 5 nafar politsiya xodimining ham tan jarohati olganligini bildirdi.

Shir Aka Alkoziy hujumdan Tolibonni javobgar deb topdi.

Tolibondan esa hali hanuz hujum haqida hech qanday bayonot berilmadi.



Aloqador xabarlar