Afrikada millionlab bola maktabga borolmayapdi

Afrikada Covid-19 pandemiyasi va qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan millionlab bola maktabga borolmayapdi.

1659532
Afrikada millionlab bola maktabga borolmayapdi

Afrikada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi va qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan millionlab bola maktabga borolmayapdi.

Inson huquqlari tashkiloti Save the Children tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, bolalarning maktabga bora olishlari uchun munosib shartlar tuzilishi maqsadida hukumat va xalqaro tashkilotlarga xabar qilingan.

Bayonotda,

“Covid-19 pandemiyasi va qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan millionlab bola maktabga borolmayapdi”. - degan ifodalarga o‘rin berilgan.

Maktabga borolmagan bolalar tufayli ta’lim-tarbiya tizimining yomonlashganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, bu holatning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirilgan.

Dunyoda qariyb 160 million ishchi bola mavjud.

Bolalar mehnati eng ko‘p tarqalgan mintaqa esa har 5 boladan biri ishchiga aylangan Afrika deb topildi.



Aloqador xabarlar