Al-Soniy bilan Geir Pedersen Surya masalasini muhokama qildi

Qatar Tashqi ishlar vaziri Al-Soniy poytaxt Dohaga tashrif buyurgan BMT maxsus vakili Pedersen bilan uchrashdi.

1764035
Al-Soniy bilan Geir Pedersen Surya masalasini muhokama qildi

Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon Al-Soniy, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir O. Pedersen bilan Suriya inqirozini muhokama qildi.

Qatarning QNA rasmiy agentligi xabarga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri Al-Soniy poytaxt Dohaga tashrif buyurgan BMT maxsus vakili Pedersen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda barcha suriyaliklarga insonparvarlik yordami yetkazib berishni qulaylashtirishni davom ettirishning ahamiyatiga e’tibor qaratgan tomonlar, Suriya inqirozi va Suriya xalqining muammolarini hal qiluvchi siyosiy yechimga erishishning qanchalik muhim ekani haqida ham gaplashdi.

Qatar Tashqi ishlar vaziri Al-Soniy kecha Dohada Suriya muxolif va inqilobchi kuchlari milliy koalitsiyasi raisi Salim al-Muslat bilan uchrashgandi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya masalasi , #Al-Soniy , #Geir Pedersen

Aloqador xabarlar