Asad rejimining idlibliklarga qarshi uzgan o’qi orqali yana 2 kishi jon berdi

Asad rejimi bugun ertalabdan beri Idlibning Maarethirma, al-Birnas va Barabo qishloqlariga qarshi quriqlikdan o’q uzish orqali hujum uyushtirar ekan Lazkiyaning shimoliy-g’arbidagi Kabbina qishlog’i va tepasiga barrel bombasi otdi.

1284733
Asad rejimining idlibliklarga qarshi uzgan o’qi orqali yana 2 kishi jon berdi

Suriyadagi Bashar al-Asad rejimi tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish mintaqasiga qarshi quriqlikdan o’q uzish orqali uyushtirilgan hujum oqibatida tinch aholidan 2 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 4 kishi tan jarohati oldi.

Asad rejimi bugun ertalabdan beri Idlibning Maarethirma, al-Birnas va Barabo qishloqlariga qarshi quriqlikdan o’q uzish orqali hujum uyushtirar ekan Lazkiyaning shimoliy-g’arbidagi Kabbina qishlog’i va tepasiga barrel bombasi otdi.

Rejim kuchlari va ularni qo’llab-quvvatlaganlarning Kabbinaga qarshi uyushtirgan hujumlari anchadan beri avj olgandi. Bu yo’l orqali rejim kuchlari Hama, Idlib va Lazkiya viloyati tutashgan nuqtani nazorat ostiga olib, natijada Turkmantog’iga ham hukmronlik qilishni ko’zlayotgan edi.  

Idlibdagi harbiy bo’lmagan manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Asad rejimi Idlibning al-Birnas qishlog’ida zaytun evaziga ishlaganlarni quriqlikdan uzgan o’qi orqali nishonga olgan.

Oqibatida 2 kishi jon berar ekan jon berganlardan tashqari 4 kishi tan jarohati olgan.

Aytib o’tish joizki Turkiya va Rossiya o’rtasida 2018-yilning 17-sentabri kuni qo’l qo’yilgan kelishuvdan beri Idlibdagi taranglikni kamaytirish mintaqasida rejim va Rossiyaning hujumlari oqibatida 1300 dan ortiq kishi jon berdi.

Hujum avj olgan hududdan tinchroq va ayniqsa Turkiya chegarasi yaqinlariga ko’chib o’tgan tinch aholi soni esa 1 million 42 ming nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar