Bayden: AQSh va Turkiya o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlar davom etishini istaymiz

Kecha Prezident Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden Madridda uyushtirilgan NATO sammiti doirasida o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.

1850181
Bayden: AQSh va Turkiya o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlar davom etishini istaymiz

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Biden Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ikki davlat o‘rtasidagi konstruktiv tusdagi aloqalarning davom etishi tarafdori ekanini qayd etdi.

Oq uy tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, kecha Prezident Erdo‘g‘an va Baydenning Madridda uyushtirilgan NATO sammiti doirasida o‘zaro uchrashuv o‘tkazgani bildirildi.

Bayonotda,

“Prezident Bayden Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiya bilan uch tomonli memorandum imzolash orqali nomi tilga olingan davlatlarning NATO tarkibidagi kirish yo‘lini ochishini xursandchilik bilan qarshi oldi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Baydenning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini ham muhokama qilganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Ukraina g‘allasi eksporti oldidagi rus to‘sig‘ini yengishning ahamiyatiga ham to‘xtalgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek:

“Liderlar Egey va Suriyada barqarorlikni saqlash masalasini ham unutmadi. Bayden,  konstruktiv tusdagi ikki tomonli munosabatlarni saqlab qolish istagini yana bir bor ifoda etdi va ikkala lider hukumatlari oʻrtasida yaqin muloqotning davom etishini taʼkidladi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar