Bayden: Turkiya bilan AQSh o‘rtasida haqiqiy yutuqlarga erishishimizga ishonchim komil

Prezident Erdo‘g‘an, amerikalik kasbdoshi Bayden bilan NATO Liderlar sammiti doirasida Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashdi.

1658230
Bayden: Turkiya bilan AQSh o‘rtasida haqiqiy yutuqlarga erishishimizga ishonchim komil

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida:

“Ijobiy tusda va samarali uchrashuv o‘tkazdik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an, amerikalik kasbdoshi Bayden bilan NATO Liderlar sammiti doirasida Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashdi.

Sammitdan keyin uyushtirgan matbuot anjumanida Erdo‘g‘an bilan o‘tkazgan uchrashuvini baholagan Bayden:

“Ko‘pi o‘zaro asosda, ijobiy tusda va samarali uchrashuv o‘tkazdik”. - dedi.

Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvida bir necha masalada qanday qilib oldinga siljish kerakligini muhokama qilganliklarini bildirgan Bayden:

“Hay’atlarimiz muzokaralarni davom ettiradi. Turkiya bilan AQSh o‘rtasida haqiqiy yutuqlarga erishishimizga ishonchim komil”. - deb ta'kidladi. 



Aloqador xabarlar