Bayden: Turkiyaga F-16 sotishimiz kerak

Bayden, NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirdi.

1850408
Bayden: Turkiyaga F-16 sotishimiz kerak

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden, Turkiyaga F-16 urush uchoqlarini sotishlari kerakligi va buning uchun AQSh Kongressidan ruxsat olishlari mumkinligini bildirdi.

Bayden Ispaniya poytaxti Madrid shahrida uyushtirilgan NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirdi.

Turkiyaga F-16 sotish masalasida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga va’da berib-bermagani haqidagi savolga Bayden quyidagicha javob berdi:

“(Prezident Erdo‘g‘anga) O‘ziga aytganlarim dekabr oyida aytganlarim bilan bir xil. Biz (Turkiyaga) F-16 uchoqlari sotishimiz va ularni modernizatsiya qilishimiz lozim. Buni qilmaslik bizga foyda bermaydi. Dekabr oyidan beri fikrim o‘zgarmaganini shaxsiga yetkazdim. Bunga qarshilik ham yo‘qligini, faqatgina sotishimiz zarurligini ifoda etdim. Buni bajara olish uchun faqatgina kongressning ruxsati kerak. Menimcha ruxsat olamiz”.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Jo Bayden , #F-16 , #NATO sammiti

Aloqador xabarlar