Belarusda norozichilik namoyishi uyushtirgan qariyb 250 kishi nazorat ostiga olindi

Belarusda hukumatga qarshi norozichilik namoyishi uyushtirgan qariyb 250 kishi nazorat ostiga olindi.

1536512
Belarusda norozichilik namoyishi uyushtirgan qariyb 250 kishi nazorat ostiga olindi

Belarusda hukumatga qarshi norozichilik namoyishi uyushtirgan qariyb 250 kishi nazorat ostiga olindi.  

Poytaxt Minskda namoyishchilar, terrorizmni targ‘ib qilganligi bois man etilgan ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan ko‘rsatmalar asosida, shahar markazidan uzoq nuqtadagi mahallalarda alohida – alohida guruhga bo‘linib, shiorlar aytdi.

Ba’zi yo‘llarni bekitib, taransport xizmatini to‘xtatgan namoyishchilar, politsiyaning aralashuvi bilan tarqadi. Mintaqadagi savdo markazlari politsiya aralashuvidan qochgan namoyishchilarning kirishiga to‘siqlik qilish uchun darvozalarini bir muddat yopiq tutishga majbur bo‘ldi.

Belarusda 9 – avgustda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g‘alabaga erishar ekan ortidan “Saylovlarga hiyla aralashtirildi” degan iddiolar bilan namoyishlar boshlatildi.

Mamlakatda har haftaning dam olish kunlari davom etgan namoyishlarda soni oldingi haftalarga qaraganda kamaygan namoyishchilar, Prezident Lukashenkoning iste’fosini talab qilmoqda.  



Aloqador xabarlar