Boris Jonson, Prezident Erdo'g'anning g'alla inqiroziga yechim topishdagi yetakchiligini maqtadi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning Rossiya-Ukraina urushi sabab bo'lgan g'alla inqiroziga yechim topishdagi yetakchiligini maqtadi.

1850051
Boris Jonson, Prezident Erdo'g'anning g'alla inqiroziga yechim topishdagi yetakchiligini maqtadi

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning Rossiya-Ukraina urushi sabab bo'lgan g'alla inqiroziga yechim topishdagi yetakchiligini maqtadi.

Angliya Bosh Vazirligining 10-sonli ma'muriyatdan bir  voizi, Jonson va Erdo'g'anning Ispaniyaning poytaxti Madriddagi NATO sammiti doirasida IFEMA konferentsiya markazida o'tkazgan ikki tomonlama uchrashuvi haqida bayonot berdi.

Bayonotda, Jonsonning Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya tomonidan imzolangan uchlik memorandumdan mamnunligi bildirildi.

"(Jonson) Biz yanada xavfli o'n yil kutar ekanmiz, u Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo'shilishi ittifoqni yanada mustahkamlashini aytdi. Bosh vazir Jonson Prezident Erdo'g'anning Ukrainadan g'alla olib chiqishdagi yetakchiligini yuqori baholadi. Jonson, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina portlarini blokadaning davom etishi Ukrainada ham, butun dunyoda ham xalqaro gumanitar inqirozni keltirib chiqardi.

Bayonotda, ikki liderning Buyuk Britaniya va Turkiya o'rtasidagi aloqalarni, ayniqsa, "texnologiya va energiya" sohalarida chuqurlashtirishni muhokama qilgani bildirildi.

“(Rahbarlar) ikki davlat oʻrtasidagi savdo harakatchanligini yanada yaxshilaydigan, ish oʻrinlari yaratish va Buyuk Britaniya va Turkiya uchun iqtisodiy oʻsishni oshirishga yordam beradigan choralar koʻrishga kelishib oldilar”. Degan ifoda o’rin oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Maqtadi , #Prezidnet Erdog'an , #Boris Jonson

Aloqador xabarlar