Braziliyada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan 1 154 kishi vafot etdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 704 ming 438 nafar deb qayd etildi.

1467352
Braziliyada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan 1 154 kishi vafot etdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 705 ming 23, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 18 million 731 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 11 million 944 ming nafarni ortda qoldirdi.

Covid – 19 yuzasidan 160 ming 323 o‘lim holati, 4 million 918 ming 770 kasallik holati qayd etilishi ortidan pandemiyaning epitsentriga aylangan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da Prezident Donald Trump, o‘lkasining o‘lim va kasallik holati soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bo‘lishini, “Insonlar o‘lyapdi, bu to‘g‘ri lekin bu biz qo‘limizdan kelganini qilmayapmiz degani emas. Pandemiya, yuritimzda nazorat qila oladigan darajada nazorat ostida. Bu qorqinchli vabo” degan so‘zlar bilan baholadi. Covid – 19 ga chalingan Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi O'Brayenning, oxirgi ikki testining salbiy natija bergani va vazifasiga qaytgani xabar qilindi.

Braziliyada oxirgi 24 soatda 1 ming 154 kishining vafot etishi bilan Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni mamlakatda 96 ming 96 nafarga, holat soni esa 51 ming 603 nafarga ko‘paygan holda 2 million 808 ming 76 nafarga yetdi.

Meksikada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan vafot etganlar soni 857 nafarga ortgan holda 48 ming 869 nafarga chiqdi. Mamlakatda holat soni 6 ming 148 ortish bilan 449 ming 961 nafar bo‘ldi.

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri Britaniyada virusdan bugungacha 46 ming 299 kishi vafot etdi. O‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 306 ming 293 nafar deb qayd etildi.

Covid – 19 dan 206 o‘lim holati qayd etilgan Gretsiyada holat soni oxirgi 24 soatda 121 nafarga ortgan holda 4 ming 855 nafarga yetdi. Mamlakatda niqob taqish majburiyati doirasiga yopiq maydonlar bilan birga kema palubalari kabi ba’zi ochiq maydonlar ham ilova etildi.

Virusdan vafot etganlar soni Italiyada 35 ming 171, Fransiyada 30 ming 296, Ispaniyada 28 ming 498, Kanadada 8 ming 958, Avstraliyada 247 nafar deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar