Britaniyada 13 yoshidagi Ismoil, koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi

Britaniyada hech qanday holati kuzatilmagan soppa - sog 13 yoshidagi Ismoil Mohamed Abdulvahob, koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi.

1389188
Britaniyada 13 yoshidagi Ismoil, koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli bugungi kunga kelib dunyoda 42 mingdan ortiq kishi vafot etar ekan shu virusdan kasallikka chalinganlar soni 859 mingdan ortdi. Dardiga darmon topganlar soni esa 176 ming nafar.

Italiyada Covid - 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 837 nafarga ko‘payib 12 ming 428 ga yetdi. Holat soni 77 ming 635 nafar deb qayd etilgan mamlakatda Covid - 19 ga qarshi kurash doirasida 3 shifokor virusga bardosh berolmay, vafot etgan. Eslatib o‘tamiz epidemiya tarqagan birinchi kundan beri Italiyada 66 shifokor vafot etgan. Sog‘likni saqlash vaziri Roberto Speranza, mamlakatda 10 - martdan beri yo‘lga qo‘yilgan karantinaning 13 - aprelgacha uzatilishi haqida qaror qabul qilganliklarini ma’lum qildi. Shu bois o‘quv markazlari ham 13 - aprelgacha yopiq bo‘ladi. Italiyadagi Sog‘likni saqlash oliy instituti rahbari Silvio Brusaferro, Covid - 19 epidemiyasidagi yangi holatlar ortishi tezligining sal bo‘lsa ham pasayganini va bunga ko‘rilgan choralar natijasida erishilganini qayd etdi.

Ispaniyada Covid - 19 infektsiyasi tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 864 nafarga k‘paygan holda 9 ming 53 nafar, holatlar soni esa 100 mingdan oshdi.

Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni bir kunda 499 nafarga ortgan holda 3 ming 523 nafarga chiqqan Fransiyada, virus yuqtirib olganlar soni esa 52 ming 128 nafarni tashkil etmoqda.

Britaniyada Covid - 19 dan vafot etganlar soni bir kunda 563 nafarga ortib 2 ming 352 deb qayd etilar ekan hech qanday holat kuzatilmagan soppa - sog‘ 13 yoshidagi Ismoil Mohamed Abdulvahob, koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi. Shu bilan birga Bosh vazir Boris Johnson, har bir honadonga yuborgan maktubi orqali epidemiyada, “hammasi yaxshilanmay turib, yana da yomonlashishi mumkinligini” bildirgandi. Sog‘likni Saqlash milliy tizimi direktori professor Stephen Povis esa mamlakatda o‘lim holatlarining 20 mingga yetmasligining (yaxshi natija) hisoblanishini aytgandi.

Covid - 19 dan roppa - rosa 43 kishi vafot etgan Gretsiyada, muhojirlar orasida birinchi holat kuzatildi. Poytaxt Afinadagi kasalxonalardan birida ikki kun oldin farzand ko‘rgan muhojir onaning Covid - 19 testining ijobiy natija bergani ma’lum bo‘ldi. Mamlakatda bu virus bilan kasallanganlar soni 1212 nafar.

Avstraliyada Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni 20 ga, holat soni esa 4 800 nafarga chiqdi.

Belgiyada Covid - 19 holatlari soni 1189 nafarga ko‘pargan holda 13 ming 964 nafarga chiqar ekan, vafot etganlar soni esa 123 nafarga ko‘payib 828 nafarni tashkil etdi.

Amerika Qoshma Shtatlarida yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 920 nafarga ortgan holda 4 ming 90 nafar deb qayd etildi. Bu orqali AQSh, epidemiyaning epitsentri hisoblangan va qariyb 3 300 qurbon bergan Xitoyni ortda qoldirdi. Mamlakatda virus yuqtirib olganlar soni esa 25 ming 23 ortish bilan 189 ming 633 ga chiqdi. Prezident Donald Trump, mamlakatdagi koronavirus epidemiyasi haqida,

“Oldimizdagi 2 hafta judayam murakkab o‘tadi” dedi.

Oq uydagi mutaxasislarga ko‘ra barcha choralarga qaramay kamida 100 ming, eng ko‘p 200 ming kishi o‘lishi mumkin.

Shuningdek, AQShning USS Theodore Roosevelt uchoq tashuvchi kema kapitani Brett Krozier, AQSh dengiz flotiga maktub yo‘llagan holda kemadagi barcha xodimlarning quriqlikka olib chiqilib, karantinaga olinishi uchun yordam so‘radi. Yuzdan ortiq askar yangi turdagi koronavirusga chalingan kemaning kapitani Krozier,

“Urush kemasining o‘ziga xos cheklovlari tufayli buni (karantina va ijtimoiy masofa qoidalari) yo‘lga qo‘yolmayapmiz. Kasallikning xodimlar orasida tarqashi jadal tus olmoqda” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qayd etilishicha AQShdagi ba’zi kasalxonalar koronavirus infektsiyasi yuzasidan murakkab tus olgan ish soatlari va tibbiy jihozlarning yetarsizligi haqida gapirgan tibbiy xodimlarni ishdan chiqarishlik bilan popisa qilgan.

Nyu - York politsiya tashkiloti a’zolaridan birining koronavirus testining ijobiy natija bergani ma’lum qilindi.

Kanadada koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 100, holatlar soni esa 8 ming 490 tani tashkil qildi. Toronta shahrida jamoat transporti xodimlarining oltitasida koronavirus aniqlandi, 700 nafar xodim o‘zi uchun karantina yo‘lga qo‘ydi. Epidemiyaga qarshi kurashda 24 ming askar safarbarlik qilishga chaqirildi.

Dominikan Respublikasida oxirgi 24 soatda Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni 9 nafarga ortgan holda 51 ga, virus yuqtirib olganlar soni esa 1109 nafarga yetdi.

Janubiy Amerika mamlakatlaridan Ekvadorda esa koronavirus tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 13 nafarga ortgan holda, 75 nafarga chiqdi. Mamlakatda Covid - 19 holati aniqlangan bemorlar soni 2 ming 240 nafar bo‘ldi.

Kubada epidemiya tufayli vafot etganlar soni 6 nafarga, holat soni esa 186 nafarga yetdi.

El Salvadorda Covid - 19 infektsiyasi tufayli 1 kishi vafot etdi. Bemorning mamlakatga AQShdan kelgan 60 yoshidagi bir ayol ekanligi aniqlandi. El Salvadorda Covid - 19, bugungacha 32 kishida aniqlandi.

Roppa - rosa 202 qurbon bergan, holat soni esa 5 ming 812 nafarni tashkil etgan Braziliyada, Rio de Janeiro shahridagi Marakana stadioni, Covid - 19 bemorlariga atab 400 kishilik kasalxonaga aylantiriladi.

Butun dunyoni qurshab olgan va vafot etganlar soni kundan - kunga ko‘payib borayotgan epidemiya bo‘yicha xush xabarlar ham bor

Niderlandiyada koronavirusdan 101 yoshidagi bemor tuzalib ketgan.

Shuningdek epidemiya tufayli vafot etkanlar soni oxirgi 24 soatda 134 nafarga ortgan holda 1173, virus yuqtirib olganlar soni esa 13 ming 614 nafarga chiqdi.

Ba’zi Yevropa davlatlaridagi qurbonlar va virus bilan kasallanganlar soni esa quyidagicha:

“Polsha 35/2 ming 347, Albaniya 15/259, Litva 8/581, Sloveniya 15/841, Estoniya 4/779, Bosniya va Gertsegovina 13/448, Bolgariya 8/412, Chernogoriya 2/120, Norvegiya 39/4 ming 651, Serbiya 23/900, Xorvatiya 15/867, Shimoliy Makedoniya 9/329, Kosovo 1/112, Vengriya 20/525, Finlyandiya 17 / 1 418, Ruminiya 85/2 ming 245, Daniya 90/2 ming 860, Shvetsiya 180 / 4 ming 435, Chexiya 32/3 ming 330”.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar