Dunyoda COVID-19 virusini yuqtirganlar soni 63 milliondan oshdi
Dunyoda yangi turdagi koronavirus COVID-19 virusini yuqtirganlar soni 63 milliondan oshdi.
Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 1 million 474 ming 985, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 63 million 641 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 43 million 28 ming 945 nafarni ortda qoldirdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da pandemiyadan vafot etganlar soni 274 ming 332 nafarga yetdi. Mamlakatda kasallanganlar soni esa 13 million 920 ming 38 nafar deb qayd etildi. Prezident Donald Trampning Covid – 19 bo‘yicha maslahatchisi doktor Skott Atlas o‘z vazifasidan iste’fo etganini ma’lum qildi. Qariyb 4.5 oy muqaddam bu vazifaga olib kelingan Atlas, ayniqsa niqob masalasidagi bayonotlari yuzasidan ommaviy axborot vositasida katta tanqidlarga maruz qolgandi.
Britaniyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 205 kishi vafot etdi va bu orqali mamlakatda Covid – 19 dan vafot etganlarning umumiy soni 58 ming 448 nafarga chiqdi. Huddi shu vaqt mobaynida 12 ming 330 Covid – 19 holati aniqlandi. Kasallanganlar soni esa 1 million 629 ming 657 nafarga chiqdi. Sog‘likni Saqlash vaziri Mett Henkok, karantinning koronavirus holatlarida 30 foizlik kamayishga yo‘l ochganini bildirdi.
Italiyada Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni 55 ming 576 nafar. Mamlakatda o‘ziga virus yuqtirib olganlar esa 1 million 601 ming 554 nafar deb qayd etildi. Mamlakatda 9 oyda 3 marotaba koronavirus testi ijobiy natija bergan 101 yoshidagi bir ayol, oxirgi Covid – 19 tashxisi ortidan davolanib, kasalxonadan chiqarildi.
Fransiyada Covid – 19 dan oxirgi 24 soatda 408 kishining vafot etishi bilan ularning umumiy soni 52 ming 731 nafarga chiqdi. Mamlakatda huddi shu vaqt mobaynida virus aniqlanganlar sonida 4 ming 5 nafar ortish kuzatilib, ular soni 2 million 222 ming 488 nafarga yetdi.
Pandemiyadan 9 ming 376 kishi vafot etgan, 523 kishi esa o‘ziga virus yuqtirib olgan Niderlandiyada Covid – 19 pandemiyasi yuzasidan yopiq maydonlarda niqob taqish bugundan e’tiboran majburiy vazifaga aylantirilmoqda.
Kanadada koronavirus pandemiyasidan vafot etganlar soni 12 ming 84 nafarga yetdi. Mamlakatdagi holat soni esa 375 ming 737 nafarni tashkil etmoqda.
Pandemiyada vafot etganlar soni 1 786, kasallanganlar soni esa 128 ming 442 nafar bo‘lgan Xorvatiyada rafiqasi virusga chalingan Bosh vazir Andrey Plenkovichning testi ham ijobiy chiqdi.
Dunyoning boshqa davlatlarida Covid – 19 o‘lim holatlari esa quyidagicha:
“Braziliya 173 ming 165, Meksika 105 ming 940, Ispaniya 45 ming 69, Argentina 38 ming 730, Kolumbiya 36 ming 776, Peru 35 ming 966, Polsha 17 ming 150, Germaniya 16 ming 862, Belgiya 16 ming 645, Chili 15 ming 410, Ekvador 13 ming 461, Ukraina 12 ming 327, Kanada 12 ming 130 va Ruminiya 11 ming 331.