Dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 13 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 571 670 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 13 mln 41 mingga yetdi. 7 mln 588 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1453880
Dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 13 mlndan oshdi
SPR Florida corona.jpg
SPR Londra corona.jpg
SÜPER FOTO madagaskar koronavirüs

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 571 670 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 13 mln 41 mingga yetdi. 7 mln 588 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni138 000ga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 3,5 mln atrofida. AQShning Florida shtatining o’zida so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 15 mingta yangi holat qayd etildi. Kecha koronavirus tufayli 45 kishi vafot etgan shtatda 15 229 kishi virusga chalindi. Kaliforniya shtati virusdan kasallanganlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinda turibdi. Shtatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 694 nafarni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 1 mln 864 681 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 24 831ta yangi holat qayd etildi. Vafot etganlar soni esa 72 100 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 21 bemor virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 44 819 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 650ta yangi holat qayd etilgan bo’lib, ularning umumiy soni 289 ming 603 nafarga yetdi.

Ispaniyada shu kungacha 28 ming 403 kishi virus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 253 908 nafarni tashkil qilmoqda. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Kataloniya avtonom boshqaruvida COVID-19 tufayli shu kungacha 5675 kishi vafot etdi. Biroq, mahalliy hukumat aslida qurbonlar soni bundan ikki barobar ko’proq ekanligini ilgari surmoqda.

Hududda koronavirusdan kasallanish holati keskin oshib borayotgani sababli ba’zi territoriyalarda karantin joriy etildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar