Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 988 mingdan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 988 ming 172 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 32 mln 439 mingdan oshdi. 23 mln 945 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1497147
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 988 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 988 ming 172 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 32 mln 439 mingdan oshdi. 23 mln 945 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 207 ming 538 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 7 mln 185 mingni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 831 kishi virus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 139 ming 883 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 32 ming 817 nafarga oshib, 4 mln 659 mingni tashkil qilmoqda. Aholi soni 211 mlndan oshgan Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha AQSh va Hindistondan keyingi 3-davlatga aylandi.

Meksikada COVID-19 qurbonlarining umumiy soni 490 kishiga oshib, 75 ming 439 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 715 ming 457 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 40 kishi virus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlar soni 41 902 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6634 kishiga oshib, 416 ming 363 nafarni tashkil qilmoqda.

Bosh vazir Boris Jonson xalqni COVID-19ga qarshi olingan chora-tadbirlarga qat’iyan amal qilishga chaqirdi. “Oldimizda o’ta mashaqqatli oylar turibdi. Ushbu oddiy choralarga birgalikda amal qilsak, qishni oson o’tkazamiz”,-deb aytgan Boris Jonson.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi bir kunda 52 kishi vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virusdan vafot etganlarning umumiy soni 31 ming 511 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda virus yuqtirib olganlar soni 16 ming 96 kishiga oshdi. Mamlakat bo’ylab ularning umumiy soni 497 ming 237 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda reanimatsiyada yotgan bemorlar soni keskin oshib ketgan. Koronavirus epidemiyasining tarqalish darajasi tobora oshib bormoqda. Olingan chora-tadbirlarga ko’ra, poytaxt Parijda kelgusi haftadan e’tiboran shifoxonalardagi o’ta zaruriy bo’lmagan tibbiy operatsiyalarning 20 foizi keyinga qoldirildi. Fransiya bosh vazirligi ma’lum qilishicha, pandemiya holati tobora yomonlashadigan bo’lsa, takror komendantlik soati joriy etiladi.

Ispaniyada so’nggi bir haftada 500 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab virusdan vafot etganlarning umumiy soni 31 ming 118 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, so’nggi bir kunda koronavirusga chalinish bilan bog’liq 10 ming 653ta yangi holat qayd etildi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 704 ming 209 nafarni tashkil qilmoqda. Bugun Madrid shahrida qo’chimcha bir qator yangi chora-tadbirlar joriy etilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar