Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 42000dan oshdi

Infektsiya bilan kasallanganlar soni 859 000ga yetdi. Sog’ayib ketganlar soni esa 176 000ni tashkil qilmoqda.

1388950
Dunyoda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 42000dan oshdi

 

 

Butun dunyo bo’ylab yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus qurbonlarining umumiy soni 41 000dan oshdi. Infektsiya bilan kasallanganlar soni 859 000ga yetdi. Sog’ayib ketganlar soni esa 176 000ni tashkil qilmoqda.

Ozarbayjonda koronavirus qurbonlari soni 5 kishiga yetdi. Infektsiya yuqtirib olganlar soni 267 kishini tashkil qilmoqda. 26 bemor sog’ayib ketganligi ma’lum qilindi. Hozirda mamlakatda 4602 kishi karantinga olingan.

Rossiyada 17 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda infektsiya bilan kasallanganlar soni 2337 nafarni tashkil qilmoqda. Hukumat tomonidan olingan qarorga muvofiq, karantin tartibini buzganlar ma’muriy jazoga tortiladi.

Belorussiyada 75 yoshda bo’lgan teatr aktyori koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumdi. Mamlakatda kasallanganlar soni 152 nafarni tashkil qilmoqda.

Qozog’istonda 2 kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 340 nafarni tashkil qilmoqda.

Armanistonda koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumganlar soni 3 kishiga yetdi. Mamlakat bo’ylab sog’ayib ketganlar soni 30 kishini tashkil qilmoqda.

Gruziyada infektsiya yuqtirib olganlar soni 110 kishiga yetdi. Shaharlararo transport qatnovi to’xtatildi.

Iroqda koronavirusdan vafot etganlar soni 50 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 694 nafarni tashkil qilmoqda.

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi koronavirus tufayli Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning sonini kamaytirishni taklif qildi. Epidemiya tufayli mahbuslarning vaziyatidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan qo’mita rahbariyati, mahbuslar uchun o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish qamoqxona boshliqlarining mas’uliyatida ekanligini qayd etdi.

Falastin asirlar jamiyati ma’lum qilishicha, avvalroq isroillik ikki gardiyanda koronavirus aniqlangan. Shu sababli qamoqxonadagi falastinlik taxminan 5 000 mahbus infektsiya yuqtirib olgan bo’lishi mumkin.

Movritaniyada koronavirus bilan bog’liq ilk o’lim holati qayd etildi. Mamlakatda 6 kishida koronavirus aniqlangan.

Senegalda ham koronavirus bilan bog’liq ilk o’lim holati qayd etildi. So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, infektsiyaga chalinganlar soni 175 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlardan 40 nafari sog’ayib ketgan.

Sudanda 2 kishi koronavirus qurboniga aylandi, kasallanganlar soni 7 kishini tashkil qilmoqda.

Mali Respublikasida ham 2 kishi koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda 28 kishiga koronavirus tashxisi qo’yildi.

Kongo Demokratik Respublikasida 8 kishi koronavirusdan vafot etdi. Kasallanganlar soni 98 kishini tashkil qilmoqda.

Kamerun Respublikasida  6 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko’z yumdi. Xorijdan qaytgan va mehmonxonalarda karantinga olingan 94 yo’lovchidan 51 nafarida koronavirus aniqlandi. Mamlakat bo’ylab infektsiyaga chalinganlar soni 193 nafarni tashkil qilmoqda.

Afrika qit’asida koronavirus yetib bormagan davlatlar Janubiy Sudan, Yaman, Burundi, Malavi, Lesoto va G’arbiy Sahro davlatlari deb topildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Dunyo

Aloqador xabarlar