Dunyoda o‘ziga Covid - 19 yuqtirib olganlar soni 20 million 500 mingdan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 746 ming, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 20 million 528 ming 680 nafar.

1471423
Dunyoda o‘ziga Covid - 19 yuqtirib olganlar soni 20 million 500 mingdan oshdi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 747 ming 224, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 20 million 592 ming 593, sog‘ayib ketganlar soni esa 13 million 503 ming 904 nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan Amerika Qo‘shma Shtatlarida vafot etganlar soni 167 ming 789, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 5 million 309 ming 685 nafar bo‘ldi. Prezident Donald Trump, 100 million dozalik Covid – 19 vaksinaning ishlab chiqarilishi va topshirilishi uchun AQShdagi biotexnologiya firmasi Moderna bilan kelishib olganliklarini ma’lum qildi.

Lotin Amerikada pandemiyaning epitsentriga aylangan Braziliyada oxirgi 24 soatda 1 ming 274 kishining vafot etishi bilan o’lim holati soni 103 ming 99, kasallik holati esa yangi 22 ming 48 bemor bilan 112 ming 393 nafarga yetdi.

Meksikada oxirgi 24 soatda Covid – 19 dan vafot etganlar soni 926 nafarga ortgan holda 53 ming 929, Covid – 19 holat soni 5 ming 558 ortish bilan 492 ming 522 nafarga yetdi.

Peruda virusdan 21 ming 501 kishi vafot etdi, 486 ming 680 kishi esa o’ziga virus yuqtirib oldi.

Chilida vafot etganlar soni 10 ming 178 nafarni tashkil etar ekan holat soni 376 ming 616 nafarga yetdi.

Pandemiyaning Yevropadagi epitsentri Britaniyada virus yuzasidan vafot etganlar soni 46 ming 628, holat soni esa 312 ming 789 nafar deb qayd etildi.

Italiyada Covid – 19 pandemiyasi yuzasidan 35 ming 215 kishi vafot etar ekan 251 ming 237 kishi o’ziga virus yuqtirib oldi.

Fransiyada pandemiya tufayli oxirgi 24 soatda yana 14 kishining vafot etishi bilan vafot etganlarning umumiy soni 30 ming 354, holat soni esa 1 ming 397 ortish bilan 204 ming 172 bo’ldi. Bosh vazir Jan Kasteks, Montpellier shahrida bergan bayonotida, mamlakatda pandemiyaning oxirgi vaziyatining yomon, xavotirga soluvchi ekanligini ma’lum qildi. Kasalxonada davolanayotganlar sonining ortganligini ifoda etgan Kasteks, “Birgalikda chora ko’rmagudek bo’lsak unda pandemiya takror boshlashi mumkin. Eng yomoni bu xavfga duch kelgudek bo’lsak uni nazorat qilish judayam murakkab.” dedi.  

Virus tufayli boshqa mamlakatlarda vafot etganlar soni quyidagicha:

Ispaniya 28 ming 581, Kolumbiya 13 ming 475, Belgiya 9 ming 885, Kanada 8 ming 991, Gollandiya 6 ming 159, Ekvador 5 ming 951, Shvetsiya 5 ming 770.

Germaniya, Ispaniyaning Madrid va Bask mintaqalarini yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasida xavfli mintaqalar ro’yhatiga kiritdi. Tashqi ıshlar vazirligi ham Madrid va Bask mintaqalari uchun Covid – 19 yuzasidan sayohat bo’yicha ogohlantirdi. Germaniya 21 – iyun kuni ham Ispaniyani sayohat bo’yicha ogohlantirgandi.

Avstraliyada Covid – 19 dan birinchi o’lim holati qayd etilgan 1 – martdan beri bir kundabirinchi marotaba 21 kishi vafot etdi. Bu orqali mamlakatda virusdan vafot etganlar soni 352 nafar bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar