Dunyoda o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 20 milliondan oshdi

Dunyoda o‘ziga yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) yuqtirib olganlar soni 20 milliondan oshdi.

20 Eylül 2020 20:01

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 734 ming 20, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 20 million 26 ming, sog‘ayib ketganlar soni esa 12 million 900 ming nafarni ortda qoldirdi.

Pandemiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan Amerika Qo‘shma Shtatlarida vafot etganlar soni 165 ming 617, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni esa 5 million 199 ming nafarga yetdi.

Lotin Amerikada pandemiyaning epitsentri ekanligi qayd etilgan Braziliyada virusdan 101 ming 136 o‘lim, 3 million 35 ming kasallik holati aniqlandi.

Meksikada Covid – 19 dan 52 ming 298 kishi vafot etdi, holat soni esa 480 ming 278 nafarga chiqdi.

Pandemiyaning Yevropadagi apitsentri hisoblangan Britaniyada virus yuzasidan vafot etganlar soni 46 ming 574, holat soni esa 310 ming 825 nafar.

Italiyada Covid – 19 pandemiyasidan 35 ming 205 kishi vafot etar ekan, 250 ming 566 kishi esa o‘ziga virus yuqtirib oldi.

Yangi turdagi koronavirusdan o‘lganlar soni Fransiyada 30 ming 324, Germaniyada esa 9 ming 261 nafarga yetdi.