Erdo‘g‘an - Bayden uchrashuvi arafasida AQSh OAV Baydenni ogohlantirdi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Bayden 14 - iyun kuni (Belgiyaning Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida) uchrashadilar.

1655351
Erdo‘g‘an - Bayden uchrashuvi arafasida AQSh OAV Baydenni ogohlantirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Baydenning uchrashuvi yaqinlashar ekan AQSh OAV Baydenni ogohlantirdi.

National Interest jurnali veb - saytida chop etilgan maqolada, “Bayden, AQSh-Turkiya munosabatlarini sinchkovlik bilan davom ettirishi kerak”, - deyildi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Bayden 14 - iyun kuni (Belgiyaning Bryussel shahrida bolib otadigan NATO sammitida) uchrashadilar.

Uchrashuvga sanoqli kunlar qolganida Vashingtondagi “National Interest” jurnalining veb-saytida chop etilgan maqola e’tiborlarni o‘ziga tortdi.

“Turkiya bilan keng qamrovli diplomatik strategiyani ishlab chiqishning 7 yo‘li” deb nomlangan maqolada, uchrashuvning oxirgi vaqtlarda ziyon ko‘rgan munosabatlarni qayta tiklash uchun bir imkon ekani qayd etildi. Shuningdek, Baydenning Turkiya - AQSh munosabatlarini ehtiyotkorlik bilan davom ettirishi kerakligi ifoda etildi.

PKK/ YPG terroriga ham to‘xtalgan maqolada, “AQSh, NATO orqali ittifoq bo‘lgan Turkiyaga, YPG masalasidagi xavotirlari yuzasidan aniq javob berishga majbur”. - deyildi.

Baydenning bu borada tashlaydigan jur’atli harakati ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Maqolada, S - 400 zenit raketa tizimlari masalasining ham hal qilinishi kerakligi aytilgan.

AQShning Turkiyaga alternativ sifatida “Patriot” raketalarini taklif qilishi va Turkiyani F - 35 urush uchog‘i dasturiga kiritishining foydali bo‘lishi ta’kidlandi.

Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan maqolada, AQShning hamkorligi ichida, texnik yechimni rag‘batlantirishi kerakligi qayd etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) mutaxassislaridan tashkil topgan qo‘mitaning xolis yondashish orqali masalani ko‘rib chiqishining, munosabatlarga ijobiy hissa qo‘shishi mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Maqolada Bayden yetakchiligining, Fetullahchi terror tashkiloti (FETÖ) ustidan shikoyat qilgan Turk fuqarolarining, Amerika sudlarida da’vo qo‘zg‘ashga undashi kerakligi masalasiga ham o‘rin berilgan.



Aloqador xabarlar