Eronda, soxta spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etganlar soni 320 nafarga yetdi

Eronda, “yangi turdagi koronavirus (Covid 19) dan saqlaydi” degan mish - mishlar ortidan soxta spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etganlar soni 320 nafarga yetdi.

1389309
Eronda, soxta spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etganlar soni 320 nafarga yetdi

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) tufayli bugungi kunga kelib dunyoda 42 mingdan ortiq kishi vafot etar ekan shu virusdan kasallikka chalinganlar soni 859 mingdan ortdi. Dardiga darmon topganlar soni esa 176 ming nafar.

Italiyada Covid - 19 dan vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 837 nafarga ko‘payib 12 ming 428 ga yetdi. Holat soni 77 ming 635 nafar deb qayd etilgan mamlakatda Covid - 19 ga qarshi kurash doirasida 3 shifokor virusga bardosh berolmay, vafot etgan. Eslatib o‘tamiz epidemiya tarqagan birinchi kundan beri Italiyada 66 shifokor vafot etgan. Italiyadagi Sog‘likni saqlash oliy instituti rahbari Silvio Brusaferro, Covid - 19 epidemiyasidagi yangi holatlar ortishi tezligining sal bo‘lsa ham pasayganini va bunga ko‘rilgan choralar natijasida erishilganini qayd etdi.

Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni bir kunda 499 nafarga ortgan holda 3 ming 523 nafarga chiqqan Fransiyada, virus yuqtirib olganlar soni esa 52 ming 128 nafarni tashkil etmoqda.

Britaniyada Covid - 19 dan vafot etganlar soni bir kunda 393 nafarga ortib 1801 deb qayd etilar ekan hech qanday holat kuzatilmagan soppa - sog‘ 13 yoshidagi Ismoil Mohamed Abdulvahob, koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi. Shu bilan birga Bosh vazir Boris Johnson, har bir honadonga yuborgan maktubi orqali epidemiyada, “hammasi yaxshilanmay turib, yana da yomonlashishi mumkinligini” bildirgandi. Sog‘likni Saqlash milliy tizimi direktori professor Stephen Povis esa mamlakatda o‘lim holatlarining 20 mingga yetmasligining (yaxshi natija) hisoblanishini aytgandi.

Covid - 19 dan roppa - rosa 43 kishi vafot etgan Gretsiyada, muhojirlar orasida birinchi holat kuzatildi. Poytaxt Afinadagi kasalxonalardan birida ikki kun oldin farzand ko‘rgan muhojir onaning Covid - 19 testining ijobiy natija bergani ma’lum bo‘ldi. Mamlakatda bu virus bilan kasallanganlar soni 1212 nafar.

Avstraliyada Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni 20 ga, holat soni esa 4 800 nafarga chiqdi.

Amerika Qoshma Shtatlarida yangi turdagi koronavirus tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 730 nafarga ortgan holda 3 ming 900 nafar deb qayd etildi. Bu orqali AQSh, epidemiyaning epitsentri hisoblangan va qariyb 3 300 qurbon bergan Xitoyni ortda qoldirdi. Mamlakatda virus yuqtirib olganlar soni esa 24 ming 425 ortish bilan 189 ming 35 ga chiqdi. Prezident Donald Trump, mamlakatdagi koronavirus epidemiyasi haqida,

“Oldimizdagi 2 hafta judayam murakkab o‘tadi” dedi.

Oq uydagi mutaxasislarga ko‘ra barcha choralarga qaramay kamida 100 ming, eng ko‘p 200 ming kishi o‘lishi mumkin.

Shuningdek, AQShning USS Theodore Roosevelt uchoq tashuvchi kema kapitani Brett Krozier, AQSh dengiz flotiga maktub yo‘llagan holda kemadagi barcha xodimlarning quriqlikka olib chiqilib, karantinaga olinishi uchun yordam so‘radi. Yuzdan ortiq askar yangi turdagi koronavirusga chalingan kemaning kapitani Krozier,

“Urush kemasining o‘ziga xos cheklovlari tufayli buni (karantina va ijtimoiy masofa qoidalari) yo‘lga qo‘yolmayapmiz. Kasallikning xodimlar orasida tarqashi jadal tus olmoqda” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qayd etilishicha AQShdagi ba’zi kasalxonalar koronavirus infektsiyasi yuzasidan murakkab tus olgan ish soatlari va tibbiy jihozlarning yetarsizligi haqida gapirgan tibbiy xodimlarni ishdan chiqarishlik bilan popisa qilgan.

Kanadada koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 100, holatlar soni esa 8 ming 490 tani tashkil qildi. Epidemiyaga qarshi kurashda 24 ming askar safarbarlik qilishga chaqirildi.

Dominikan Respublikasida oxirgi 24 soatda Covid - 19 tufayli vafot etganlar soni 9 nafarga ortgan holda 51 ga, virus yuqtirib olganlar soni esa 1109 nafarga yetdi.

Janubiy Amerika mamlakatlaridan Ekvadorda esa koronavirus tufayli vafot etganlar soni oxirgi 24 soatda 13 nafarga ortgan holda, 75 nafarga chiqdi. Mamlakatda Covid - 19 holati aniqlangan bemorlar soni 2 ming 240 nafar bo‘ldi.

Kubada epidemiya tufayli vafot etganlar soni 6 nafarga, holat soni esa 186 nafarga yetdi.

El Salvadorda Covid - 19 infektsiyasi tufayli 1 kishi vafot etdi. Bemorning mamlakatga AQShdan kelgan 60 yoshidagi bir ayol ekanligi aniqlandi. El Salvadorda Covid - 19, bugungacha 32 kishida aniqlandi.

Roppa - rosa 202 qurbon bergan, holat soni esa 5 ming 812 nafarni tashkil etgan Braziliyada, Rio de Janeiro shahridagi Marakana stadioni, Covid - 19 bemorlariga atab 400 kishilik kasalxonaga aylantiriladi.

Butun dunyoni qurshab olgan va vafot etganlar soni kundan - kunga ko‘payib borayotgan epidemiya bo‘yicha xush xabarlar ham bor

Niderlandiyada koronavirusdan 101 yoshidagi bemor tuzalib ketgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #soxta spirtli ichimlik

Aloqador xabarlar