G’azodagi oxirgi namoyishda 16 yoshidagi navqiron bir yigit shahid bo'ldi

Falastinliklar G’azo sektorining sharqidagi Isroil chegarasida 2018-yilning 30-martidan beri haftaning har juma kuni “Buyuk qaytish va qamalni bosib o’tish” degan nom ostida tinchlik uchun namoyishlar uyushtirib kelmoqda.

1315132
G’azodagi oxirgi namoyishda 16 yoshidagi navqiron bir yigit shahid bo'ldi

Isroil askarlari kecha G’azo sektori chegarasida uyushtirilgan namoyishga qarshilik ko’rsatar ekan natijada 16 yoshidagi navqiron bir yigit shahid bo'ldi.

Isroil-G’azo chegarasida har hafta uyushtirilgan “Buyuk qaytish va qamalni bosib o’tish” deb nomlangan norozichilik namoyishi, xavfsizlik masalalari yuzasidan keyingiga qoldirilishiga qaramay kecha yana ko’plab falastinlik ishtirokchi bir nuqtada uchrashdi.

G’azodagi Falastin Sog’likni saqlash vazirligi Bosh kotibi Eshref al-Kudra mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, yig’ilgan falastinliklarga qarshilik ko’rsatilganligini qayd etdi.

Kudra, oqibatida Fahd Muhammad Valid al-Estalning o’q yeyishi ortidan shahid qilinganligini, shuningdek falastinlik bir kishining tan jarohati olganligini qayd etdi.

“Buyuk qaytish va qamalni bosib o’tish” milliy qo’mitasi tomonidan 27-noyabr kuni berilgan bayonotda,

“G’azodagi xavfsizlik masalasida tug’ilgan tahlikalar va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netenyahuning keng ko’lamli hujum popisalari” tufayli namoyishlarning keyingiga qoldirilganligini e’lon qilingandi.

Falastinliklar G’azo sektorining sharqidagi Isroil chegarasida 2018-yilning 30-martidan beri haftaning har juma kuni “Buyuk qaytish va qamalni bosib o’tish” degan nom ostida tinchlik uchun namoyishlar uyushtirib kelmoqda.

 



Aloqador xabarlar