Gabriel: Turkiya o’z chegarasida terror tashkilotiga oid davlat tashkil etilishiga ruxsat bermaydi

Germaniyaning “Bild” gazetasiga intervyu bergan sobiq Tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel, o’z vaqtida Turkiya tomonidan Suriya ustida uchishni man etgan hudud tashkil etilishi haqidagi taklifining YI tomonidan rad etilganligini ma'lum qildi.

1285312
Gabriel: Turkiya o’z chegarasida terror tashkilotiga oid davlat tashkil etilishiga ruxsat bermaydi

Sobiq Germaniya Tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabriel Turkiyaning o’z chegarasida terror tashkilotiga oid davlat tashkil etilishiga ruxsat bermasligini belgilab o’tgan holda, “Turkiya PKK/ YPGning bugungi kundagi kuch-quvvat bo’shligini to’ldirishiga aslo ruxsat bermaydi” dedi.

Germaniyaning “Bild” gazetasiga intervyu bergan Gabriel, Turkiya tomonidan Suriya ustida uchishni man etgan hudud tashkil etilishi haqidagi taklifining YI tomonidan rad etilganligini eslatib o’tgan holda, buning xato ekanligini qayd etdi.

Gabriel, “Turkiyaning, Bashar al-Asadning o’z xalqini bombalashiga to’siqlik qilish maqsadida Suriya ustida uchishni man etgan hudud haqidagi taklifi Germaniya ham doxil YI tomonidan rad etildi. Ortga o’girilib qaraganimda buning xato ekanligini payqadim. Ana shu vaqtlarda hamma quyidagicha fikr yuritdi: ikkinchi Afg’oniston bo’lib yurmasin, tag’in. Natijada muhojirlar oqimi yuzasidan ichki urushga duch keldik” degan ifodalarga o’rin berdi.

Xatolarning sobiq AQSh Davlat rahbari Barack Obama davrida boshlaganligiga e’tibor qaratgan Gabriel, “Sobiq AQSh Davlat rahbari harbiy qismlarini hududdan chiqarar edi lekin paydo bo’ladigan bo’shlikni to’ldirish uchun ham YPG bilan birgalikda faoliyat olib bordi. Albatta bularning hammasini yolg’onlashiga qaramay PKKning Suriyadagi qanotining, Suriyaning shimoliy-sharqini nazorat qilishini bilardi” dedi.

Gabriel, Turkiyaning o’z chegarasida terror tashkilotiga oid davlat tashkil etilishiga ruxsat bermasligini belgilab o’tgan holda, “Turkiyaning Suriya chegarasida PKK davlati tashkil etilishiga aslo ruxsat bermasligini tomonlarning hammasi bilardi. Turkiya PKK/YPGning bugungi kundagi kuch-quvvat bo’shligini to’ldirishiga aslo ruxsat bermaydi. Turk askarlari shuning uchun ham kirgandi Afringa” deya gapirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sigmar Gabriel , #Turkiya , #YI , #PKK/ YPG

Aloqador xabarlar