Germaniya Tashqi ishlar vaziri Turkiyaning NATOdagi o’rniga e’tibor qaratdi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Heiko Maas, Turkiyaning NATOdagi o’rniga e’tibor qaratdi.

1302722
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Turkiyaning NATOdagi o’rniga e’tibor qaratdi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Heiko Maasning qayd etishicha Turkiya NATO tarkibida markaziy o’ringa ega sheriklardan biridir.

Maas, Berlin devorining yiqilishining o’ttizinchi yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbir doirasida Germaniyaga kelgan Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Leipzigda uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida bayonotlar berdi.

O’z bayonotida Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarga to’xtalgan Maas, Turkiyaning NATOga a’zoligini va buning shunday qolishini eslatib o’tgan holda Turkiyaning sherikligini, NATO tarkibidagi markaziy o’ringa teng deb baholadi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning “NATOning miya o’limi qayd etildi” degan so’zlariga qo’shilmasligini ifoda etgan Maas, NATOning Yevropaning xavfsizligini kafolat ostiga olganligiga e’tibor qaratdi.

AQSh Davlat rahbari Mike Pompeo ham NATOning tarixdagi eng muhim sherikliklaridan biri bo’lishni davom etajagini belgilab o’tgan holda,

“NATOga a’zo davlatlarning hammasi, NATOning yukini bo’lishishi kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar