Germaniyaning poytaxti Berlindagi Liviya konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi e'lon qilindi.

Liviyada doimiy sulh va siyosiy jarayonni boshlash uchun Germaniyaning poytaxti Berlindagi Liviya konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi e'lon qilindi.

1343723
Germaniyaning poytaxti Berlindagi Liviya konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi e'lon qilindi.

Liviyada doimiy sulh va siyosiy jarayonni boshlash uchun Germaniyaning poytaxti Berlindagi Liviya konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi e'lon qilindi.

Yakuniy deklaratsiyada Liviya Vakillar Palatasi tomonidan tasdiqlangan yagona, birlashgan, qamrab oluvchi va samarali hukumatning tashkil etilishi qo'llab-quvvatlanmoqda, Liviya siyosiy kelishuvi esa siyosiy yechimning muhim yo'l xaritasi ekanligi ta'kidlandi.

"Biz Liviya markaziy va fuqarolik hokimiyati nazorati ostida yagona milliy xavfsizlik tizimini yaratilishini qo'llab-quvvatlaymiz",- deyilgan bayonotda, politsiya va harbiy kuchlar bitta hokimiyat ostida birlashishi kerak.

Deklaratsiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotidan (BMT) sulhning bajarilishini nazorat qilish va nazorat qilish bo'yicha texnik qo'mitalarni tashkil etishga chaqirildi, shu bilan birga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga tomonlar o'rtasida  muzokaralarni   yengillashtiruvchi rol o'ynashi talab qilindi.

"Bildirishda biz tarafdorlarni o't ochishni to'xtatish jarayoni boshlanganidan beri harbiy harakatlarini to'xtatishga chaqiramiz”,-deyiladi deklaratsiyada.

Liviyadagi barcha tomonlarni  o'tish jarayonini erkin, shaffof va adolatli saylovlar bilan yakunlashga chaqiruvchi deklaratsiyada "Liviyaliklar tomonidan olib borilayotgan  o’z ichiga oluvchi  siyosiy jarayon" ga qaytish talabi ham mavjud.

"Biz BMT ning himoyasida  Berlin sammitidan keyin muvofiqlashtirishni ta'minlash uchun Xalqaro kuzatuvchi qo'mitasini tuzmoqdamiz", deyiladi deklaratsiyada.

Bayonotda aytilishicha, Berlin konferensiyasida ishtirok etgan  barcha tomonlar va xalqaro tashkilotlarni o'z ichiga olgan Qo'mita BMT rahbarligi ostida muvofiqlashtirishni ta'minlaydi va har oy yuqori martabali shaxslar ishtirokida yig'iladigan Qo'mita ekspertlar darajasida 4 ta texnik  guruhni o'z ichiga oladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ta'minlash , #Sulh , #O't ochish , #Berlin , #Germaniya , #Liviya

Aloqador xabarlar