Hindistonda halokatga uchragan uchoq, ikkiga bo‘lindi

Hindistonda, yerga qo‘nish paytida halokatga uchragan uchoq, ikkiga bo‘lindi.

1469356
Hindistonda halokatga uchragan uchoq, ikkiga bo‘lindi

Hindistonning Kerala shtatida yerga qo‘nish paytida uchish - qo‘nish yo‘lagidan chiqib ikkiga bo‘lingan uchoqda 15 kishi jon berdi.

NDTV telekanalining xabariga ko‘ra, Dubay – Kozhikode reysini amalga oshirgan va 184 yo‘lovchi bilan 7 ekipajni tashigan uchoq mahalliy vaqt bilan 19:40da Kalikut aeroportiga qo‘nayotgan paytda uchish - qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.

Voqea 15 kishining umriga zomin bo‘lgan.

Jon berganlar orasida uchuvchilardan birining ham borligi aytilmoqda.

Kasalxonaga yotqizilganlardan ba’zilarining ahvolining og‘ir ekanligi ham ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar