Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 34 ming 183 nafarga yetdi.

2131042
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar soni oxirgi 24 soat ichida yana 32 nafarga ortib, 34 ming 183 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 200 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi oxirgi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida falastinlik yana 32 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 59 kishi esa tan jarohati oldi.

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lganlarning jami soni 34 ming 183 nafarga, yaradorlar soni esa 77 ming 143 nafarga ko‘tarilgani qayd etildi.

Unda shuningdek, G‘azoda oxirgi 10 kun ichida halok bo‘lganlar sonining esa 469 nafar ekaniga ham e’tibor qaratildi.

Bayonotda, shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida hamon qurbonlar borligi ammo Isroil askarlarining to‘sqinliklari yuzasidan tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlarining jasadlarni ola olmagani takrorlandi.



Aloqador xabarlar