Kler Xedon, Kale shahridagi muhojirlarning og‘ir sharoitga tark etilishini keskin qoraladi

Fransiya Ombudsmani Kler Xedon, Kale shahridagi muhojirlarning og‘ir sharoitga tark etilishini keskin qoraladi.

1497319
Kler Xedon, Kale shahridagi muhojirlarning og‘ir sharoitga tark etilishini keskin qoraladi

Fransiya Ombudsmani Claire Hedon, Calais shahridagi muhojirlarning og‘ir sharoitda yashashga tark etilgani va bu vaziyatni keskin qoralaganini ma’lum qildi.

Hedon, Calaisga bo‘lgan 2 kunlik tashrifi ortidan bergan bayonotida shahar yetakchiligining nodavlat notijorat tashkilotlarining muhojirlarga oziq – ovqat tarqatishini man etishini tanqid qilgan holda,

“Muhojirlarning oziq – ovqat bilan ta’minlanishiga to‘siqlik qilish, etnik kimlikka tayangan yakkalashlarni kelib chiqarmoqda.” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hedon, shahar markazida oziq – ovqat tarqatilishining man etilishi tufayli ba’zi muhojirlarning har kuni ovqatlana olmayotgani va oziq – ovqat, suv, gigiyena kabi eng asosiy ehtiyojlariga erishishning murakkabligini qayd etdi.

Pas – de – Calais mahalliy boshqaruvi, tinchsizlikka yo‘l ochgani va yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) pandemiyasi xavfi yuzasidan bu oyning boshida “sentabr oyining oxirigacha shahar markazidagi 20 ta ko‘cha va maydonda davlat ruxsat bermagan har qanday tarqatishlarni man etgandi.

Nord-Pas-de-Calais mintaqasi poytaxtidagi Lille sudi, nodavlat notijorat tashkilotlarning bu qarorga bo‘lgan e’tirozlarini chorshanba kuni rad etdi.

Belgiya – Fransiya chegarasidagi Calais shahrida, Mansh dengizini oshib, Britaniyaga o‘tishga uringan qariyb 1500 muhojir bor.



Aloqador xabarlar