Lavrovning qayt etishicha, AQSh Rossiya bilan Xitoy o’rtasiga sovuqchilik tushirmoqchi

Sergey Lavrov rus jurnallaridan birida chop etilgan maqolasida sanksiya va AQSh dollari statusidan yomonlik uchun foydalanish yo’llarining, iqtisodiy tarmoqda “qoida”ga aylanganligini ifoda etdi.

1273202
Lavrovning qayt etishicha, AQSh Rossiya bilan Xitoy o’rtasiga sovuqchilik tushirmoqchi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayt etishicha, Amerika Qo’shma Shtatlari Rossiya bilan Xitoy o’rtasiga sovuqchilik tushirmoqchi.

Sergey Lavrov rus jurnallaridan birida chop etilgan maqolasida sanksiya va AQSh dollari statusidan yomonlik uchun foydalanish yo’llarining, iqtisodiy tarmoqda “qoida”ga aylanganligini ifoda etdi.

AQShning o’z ittifoqdoshlarini Rossiyaga qarshi foydalanish payida ekanligini eslatib o’tgan Lavrov, Vashington boshqaruvining sheriklarini, o’jarlik bilan Rossiya va Xitoy o’rtasiga sovuqchilik tushirish uchun safarbar etishga harakat qilganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Lavrov,

“Yevroosiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o'z nazoratidan tashqarida rivojlanayotgan ko'p tomonlama munosabatlar va mintaqaviy integratsiya tuzilmalarini buzmoqchi bo'lgan AQSh, Moskva bilan Pekinni urushtirish niyatini yashirib o’tirgani yo’q" degan ifodalarga o’rin berdi.

Vashingtonning O’rta masofali yadroviy raketalar to’g’risidagi bitimdan bosh tortish orqali yadroviy raketalarni boshqarish sohasidagi barcha shartnomalarni xavf ostiga qo’yganligini belgilab o’tgan Lavrov, AQShning kosmosga qurol joylashtirish faoliyatlarini ham boshlatganligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Sergey Lavrov , #Rossiya bilan Xitoy , #AQSh

Aloqador xabarlar