Meksikada ommaviy qabr topildi

Meksikaning g‘arbida joylashgan Jalisko shtatida ommaviy qabr topildi.

1533926
Meksikada ommaviy qabr topildi

Meksikaning g‘arbida joylashgan Jalisko shtatida ommaviy qabr topildi.

Mamlakat matbuotida o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra Jaliskoga qarashli El – Salto shahridagi bir uchastkadagi qidiruvda ommaviy qabr topildi va unda 103 jasadning borligi aniqlandi.

Jasadlar ustida olib borilgan birinchi tekshiruvda 30 kishining kim ekanligi oilalari tomonidan aniqlandi. Ulardan ikki nafari ayol kishi.

Boshqa jasadlar ustida ularning kim ekanliklarini aniqlash faoliyatlari davom etmoqda.

Meksika Ichki Ishlar vazirligi qoshidagi Milliy Qidiruv komissiyasining oktabr oyida chop etgan hisobotiga ko‘ra Jaliskoda 2006 – 2020 yillar orasida amalga oshirilgan qazish ishlarida topilgan yashirin qabrlarda 897 jasad aniqlandi.

Mamlakat bo‘ylab esa 2006 – yildan beri amalga oshirilgan qazish ishlarida 4 ming 92 yashirin qabr jami 6 ming 900 kishiga oid jasad topildi.


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #Jalisko , #ommaviy qabr

Aloqador xabarlar