Musulmon ahli, Ayasofiyaning ibodatga ochilishi bilan Turkiyaga maqtov yog‘dirmoqda

Ayasofiya kecha 11 - iyul kuni muzeydan jome' masjidiga aylantirildi.

1453134
Musulmon ahli, Ayasofiyaning ibodatga ochilishi bilan Turkiyaga maqtov yog‘dirmoqda

Falastinda Hamas harakati, Ayasofiyaning ibodatga ochilishi haqida qabul qilingan qarorga maqtov yog‘dirdi.

Hamasning chet eldagi matbuot ofisi rahbari Rafet Murra, mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida,

“Ayasofiyaning ibodatga ochilishi, barcha musulmon ahlini faxrlantirgan qadamdar” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ayasofiyaning ibodatga ochilish haqida qabul qilingan qarorning, mustaqillik haqqi ekanligini ham belgilab o‘tgan holda, Turkiyaga maqtov yog‘dirgan Murra, “Tashlangan qadam, Turkiyaning o‘ziga bo‘lgan ishonchining ko‘rsatkichidir” dedi.

Malayziya Musulmon yoshlar harakati raisi Muhammad Faysal Abdul Aziz, Turkiya qabul qilgan qarorni tabrilagan holda,

“Fatih Sulton Mehmed, Ayasofiyani xususiy mulk sifatida olib, uni tuhfa qilgan. Bugun esa u o‘zining eng asosiy vazifasiga qaytdi” dedi.  

Malayziya Islom tashkiloti maslahat kengashi raisi Mohd Azmi Abdul Hamid esa yozma ravishdagi bayonotida, Turkiyaning Ayasofiyani takror ibodatga ochilishi haqidagi qarorini tabrikladi.

Turk hukumatining bu qarorni qabul qilishi qonun asosida ekanligini eslatib o‘tgan Mohd Azmi,

“Turkiyaning Ayasofiyani takror jome’ masjidiga aylantirish haqqi, dunyoning hech qaysi davlati tomonidan so‘roq qilinmasligi kerak” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qatardagi Al Jazeera telekanalining sobiq raisi va ash – Sharq forumi yetakchisi Vaddah Hanfer, “Ayasofiya qarorini” tarix bilan takror aloqa o‘rnatish” degan so‘zlar bilan baholadi.

Mavritaniyalik o‘qituvchi Muhammad Muhtar Shankiti, Twitter hisobida mavzu haqida qoldirgan postida, Ayasofiyaning ibodatga ochilishi bilan Islom olamini muborak bot etdi.

Suriyalik jurnalist Siba Medvar ham Ayasofiyaning ibodatga ochilishi haqidagi qarori ustidan Turkiyani tabrikladi va vaziyatni “Tarixiy qaror” deb qo‘lga oldi.

Quvaytlik yozuvchi Jasim al – Gays,

“Dunyoning to‘rt burchagidagi musulmon ahli, otalari Fatih Sulton Mehmed tomonidan jome’ masjid sifatida ibodatga ochilgan Ayasofiyaning asliga qaytishidan xursand” degan so‘zlar orqali o‘z his  - tuyg‘ularini bo‘lishdi.

Jazoirlik jurnalist Abdulqodir Bin Halid ham,

“Takror Ayasofiyada azonlar o‘qildi. Musulmonlar, Ayasofiyaning takror ibodatga ochilishi sharafi bilan namozlarini o‘qish uchun bu yerda yig‘iladilar” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ayasofiya , #musulmon ahli

Aloqador xabarlar