NATO Turkiya xavfsizligiga qo‘shgan hissasini orttirishini bildirdi

Belgiya poytaxti Bryussel shahrida uyushtirilgan NATO Liderlar sammiti o‘z nihoyasiga yetdi.

1658019
NATO Turkiya xavfsizligiga qo‘shgan hissasini orttirishini bildirdi

NATO sammiti bayonotida,

“Turkiya xavfsizligiga qo‘shgan hissamizni orttirdik. Buning to‘liq yo‘lga qo‘yilishiga sodiqligimiz davom etadi”. - deyildi.

Belgiya poytaxti Bryussel shahrida uyushtirilgan NATO Liderlar sammiti o‘z nihoyasiga yetdi.

Sammitdan keyin chop etilgan bayonotda,

“Suriyadan Turkiyaga qarshi otilishi yoki tahdid solish ehtimoli bo‘lgan raketa hujumlaridan ehtiyot bo‘lamiz. Ittifoqdoshimiz Turkiyaga millionlab suriyalikka quchoq ochgani uchun o‘z minnatdorchiligimizni takrorlaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Undan tashqari NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg sammitdan keyin bergan bayonotida:

“Bugun tarkibimizda yangi sahifa ochdik. Xavfsizligimiz uchun muhim masalalarni ko‘rib chiqdik va keng qamrovli qarorlarni qabul qildik”. - dedi.

Stoltenberg,

“NATO Liderlari, afg‘on kuchlari bilan muassasalarini o‘quv mashqi va moliyaviy ko‘mak berish orqali Afg‘onistonning yonida bo‘lish borasidagi sodiqliklarini tasdiqladilar”. - deya gapirdi.

Stoltenberg,

“Rossiya bilan taranglik yoki tushunmovchiliklar istamaymiz ammo biz mudofaa va to‘xtatish qobiliyatimizni oshiruvchi choralar ko‘ramiz”. - dedi.

NATO Bosh kotibi, Yevropada quruqlik asosidagi yadroviy raketalarni joylashtirish niyatlari yo‘qligini lekin NATOning, Rossiyaning keng tus olgan qurollanishiga javob berishini ifoda etdi.

Stoltenberg,

“Xitoy jadal ravishda yadroviy qurollanish tomon ketmoqda. Rossiya bilan mushtarak mashqlar doxil harbiy hamkorligini orttirmoqda. Xitoyga qarshi Avstraliya va Yaponiya kabi davlatlar bilan ishlash masalasida tarkibimizdagi davlatlar kelishib oldilar”. -  dedi.

“Ukraina va Gruziyadagi sheriklarimiz bilan o‘quv mashqlarimizni davom ettiramiz." - degan Stoltenberg,

“NATO Ukrainaning yonidadir, qo‘llab - quvvatlashni davom ettiramiz. NATO Ukraina bilan birdamlik ichida. Har bir mamlakat o‘z yo‘lini o‘zi belgilaydi. Ukrainaning NATOga a’zoligi to‘g‘risida Rossiya hech narsa deyolmaydi”. - deya gapirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #NATO Sammiti , #NATO , #Yens Stoltenberg , #Bryussel

Aloqador xabarlar