Nepaldagi sel halokati va tuproq ko‘chkisi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Nepalda og‘ir yog‘ingarchilik oqibatida paydo bo‘lgan sel halokati va tuproq ko‘chkisi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi.

1659799
Nepaldagi sel halokati va tuproq ko‘chkisi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Nepalda og‘ir yog‘ingarchilik oqibatida paydo bo‘lgan sel halokati 7 kishining umriga zomin bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari kamida 50 kishi bedarak yo‘qoldi.

The Himalayan Times gazetasida o‘rin olgan xabarlariga ko‘ra, Nepal poytaxti Katmandudan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan Sindhupalchok mintaqasida og‘ir yog‘ingarchiliklar sel va tuproq ko‘chkisiga yo‘l ochgan.

Rasmiylar mazkur voqeada 7 kishining halok bo‘lgani va kamida 50 kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Melamchi daryosi bo‘ylab joylashtirilgan ko‘priklar vayron bo‘lar ekan ko‘plab uylar ziyon ko‘rgan.

Hududda qidiruv - qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nepal , #sel halokati , #tuproq ko‘chkisi

Aloqador xabarlar