O‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Isroil armiyasi G‘azoga hujum uyushtirdi

Isroil armiyasi 21 - maydagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvidan beri G‘azoga qarshi  birinchi marotaba hujum qildi.

1658987
O‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Isroil armiyasi G‘azoga hujum uyushtirdi

Isroil harbiy uchoqlari G‘azo sektoridagi Falastin qarshilik guruhiga oid ikkita mavzega qarshi havo hujmi uyushtirdi.

Isroil uchoqlari G‘azo sektori janubidagi Hon Yunus shahrining sharqida o‘rin olgan Muin mintaqasida Falastin qarshilik kuchlariga oid bir mavzeni raketalar orqali nishonga oldi. Uchoqlar G‘azoning janubidagi Zaytun mahallasida Falastin qarshilik kuchlariga oid bir mavzeni ham bombaladi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda tan jarohati olib olmaganlar haqida ma’lumot bermadi.

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotda, havo hujmining G‘azodan Isroil tomoniga yuborilgan yongan sharlarga javob tariqasida uyushtirilgani ifoda etildi.

Isroil armiyasi 21 - maydagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvidan beri G‘azoga qarshi  birinchi marotaba hujum qildi.

Isroil tomonidan qamal ostiga olingan G‘azo sektoriga 10 - may kuni uyushtirilgan hujumlar HAMAS bilan erishilgan sulhga muvofiq 21 - may kuni to‘xtagandi. Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida falastinlik 254 kishi halok bo‘lgandi. Halok bo‘lganlardan 66 nafari yosh bola, 39 nafari ayol kishi ekani aniqlangan.

 



Aloqador xabarlar