Pashinyan, Turkiya va Armaniston munosabatiga to’xtaldi

O’tgan haftaning oxirida muddatidan oldin o’tkazilgan saylovning g’olibi Pashinyan, Bosh vazirlik binosida chet ellik jurnalistlar savoliga javob berdi va unda Turkiya bilan Armaniston munosabatiga to’xtaldi.

1104620
Pashinyan, Turkiya va Armaniston munosabatiga to’xtaldi

Armanistonda muddatidan oldin o’tkazilgan saylovning g’olibi va vaqtinchalik Bosh vazir Pashinyan,

“Turkiya bilan hech qanday shart qo’ymay, to’g’ridan-to’g’ri munosabat o’rnatishga tayyormiz. Umid qilamanki Turkiya ham bunga tayyordir” dedi.

O’tgan haftaning oxirida muddatidan oldin o’tkazilgan saylovning g’olibi Pashinyan, Bosh vazirlik binosida chet ellik jurnalistlar savoliga javob berdi.  

Shu o’rinda,

“Turkiya bilan bo’lgan munosabatimiz Tog’lik Qorabog’ masalasi bilan bog’likdir” degan Pashinyan, Armaniston bilan Ozarbayjon o’rtasidagi muomalaning Turkiya va Armaniston munosabatiga ham ta’sir qilganligini qayd etdi.

Pashinyan,

“Oldin ham qayta-qayta aytganimdek Turkiya bilan hech qanday shartsiz, to’g’ridan-to’g’ri munosabat o’rnatishga tayyormiz. Umid qilamanki Turkiya ham bunga tayyordir” deya gapirdi.

Armaniston tomonidan bosib olingan Tog’lik Qorabog’ masalasiga ham to’xtalgan Pashinyan, buning xalqaro hamjamiyat kun tartibida ham o’rin olganligini va hatto muhim masalalar qatorida ekanligini belgilab o’tdi.

Pashinyan shuningdek, bu masalani hal qilinishidan umidvor ekanligini eslatgan holda muamoni, tinchlik yo’li bilan hal qilishni himoya qilganliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Pashinyan, Tog’lik Qorabog’ muammosining u yerda yashaganlarga o’zini-o’zi boshqarish huquqi bermay turib, hal qilinishining imkonsiz ekanligini qayd etdi.

Raislik qilgan ittifoq bilan saylovda ovozlarning 70. 4 foizini olgan Pashinyan, qanday tashqi siyosat kuzatishi haqida gapirar ekan, Rossiya bilan an’anaviy yaxshi munosabatda ekanliklarini, shu bilan birga Yevropa ittifoqi bilan sherik, Yevropa kengashiga esa a’zo ekanliklarini eslatdi.

“Hech kimning ta’siri ostida emasmiz” degan ifodalarga o’rin bergan Pashinyan, NATO bilan bo’lgan munosabatlarining davom etganligini qayd etgan holda,

“Lekin NATO tarikibiga kirish niyatimiz yo’q” dedi.

Pashinyan, Eron bilan bo’lgan munosabatlarining Amerikaning sanksiyalari ta’siri ostida qolib-qolmasligi haqidagi savolga qarshi esa, “Eron Armaniston uchun hayotiy ahamiyatga ega” deb javob berdi.  

Pashinyan, yangi davrning “iqtisodiy islohot” davri bo’lishini ham o’z so’ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar