Pentagon terroristlarni xavfsiz hududdan chiqarmoqchi lekin qurollantirishdan voz kechmayapdi

Chris Maier, Pentagondagi xavfsiz hudud haqidagi brifingda jurnalistlar savoliga javob berdi.

1272749
Pentagon terroristlarni xavfsiz hududdan chiqarmoqchi lekin qurollantirishdan voz kechmayapdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bo’yicha tashkil topgan maxsus ishchi guruhi direktori Chris Maier, Suriyadagi Turkiya bilan AQSh o’rtasida xavfsiz hudud masalasida kelishib olingan maydondan YPG/ PKK unsurlarini chiqarish ishlarining davom etganligini qayd etdi.

Chris Maier, Pentagondagi xavfsiz hudud haqidagi brifingda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Tushuniksiz bayonotlari bilan e’tiborlarni tortgan Maier, Suriyada Turkiya bilan AQSh o’rtasida xavfsiz hudud masalasida kelishib olingan maydonda YPG/ PKK unsurlari borligini qabul qildi.

YPG terror tashkilotini maydondan chiqarishda qarorli ekanliklarini qayd etgan Maier, Turkiyaning xavfsizlik masalasidagi tashvishlarini qo’llab-quvvatlashlarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Turkiya va AQSh xavfsizlik kuchlarining Tel-Abyad va Rasulayn tumanlarini o’z ichiga olgan patrullik faoliyatlarining quriqlikdan va havodan davom etganligini eslatib o’tgan Maier, xavfsiz hududning uzunligi va terangligi haqida biron nima deyishdan o’zini tortdi.

Maier, YPG terror tashkilotining mintaqadan chiqarilishini ifoda etishiga qaramay bayonotning davomida tushunarsiz ifodalarga murojaat qildi.

Chris Maier, sababini DEASh terror tashkilotiga bog’lagan holda Suriya Demokratik kuchlari nomidan foydalangan YPG/ PKK bilan sherikligining davom etishini qayd etdi. 

Maier,

“Suriya Demokratik kuchlarini faoliyatlari talabiga javob bera oladigan qurol-yaroq bilan ta’minlashni davom etamiz lekin bular hammasi faqatgina DEAShga qarshi kurashish uchundir” dedi.



Aloqador xabarlar