Putin, AQShning kosmosni harbiy amaliyotlar maydoniga aylantirish niyatida ekanligini qayd etdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Sochida Rossiya dengiz flotining rivojlanishi haqida uyushtirilgan yig’ilishda so’zlagan nutqida, kosmosda harbiy amaliyotlar olib borish haqidagi faoliyatlarni baholadi.

1318266
Putin, AQShning kosmosni harbiy amaliyotlar maydoniga aylantirish niyatida ekanligini qayd etdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Amerika Qo’shma Shtatlarining kosmosni harbiy amaliyotlar maydoniga aylantirish niyatida ekanligini belgilab o’tgan holda,

“AQSh harbiy-siyosiy yetakchiligi kosmosga, harbiy amaliyotlar olib boriladigan teatrdek qaramoqda” dedi.

Putin, Sochida Rossiya dengiz flotining rivojlanishi haqida uyushtirilgan yig’ilishda so’zlagan nutqida, kosmosda harbiy amaliyotlar olib borish haqidagi faoliyatlarni baholadi.

Dunyodagi yirik davlatlarning faol ravishda bugungi kundagi harbiy kosmos tizimlarini rivojlantirganligini va texnik xususiyatlarini zamonaviylashtirganligini tilga olgan Putin, AQShning kosmosda harbiy amaliyotlar uyushtirish niyatida ekanligini qayd etdi.

Putin bu haqida,

“AQSh harbiy-siyosiy yetakchiligi kosmosga, harbiy amaliyotlar olib boriladigan teatrdek qaramoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

Rossiyaning kosmosning harbiylashtirilishiga qarshi ekanligini ta’kidlagan Putin shuningdek, qo’shindagi elektron jang tizimlarini rivojlantirishga chaqirdi.



Aloqador xabarlar