Rasulaynda uyushtirilgan hujumda tinch aholidan ikki kishi vafot etdi

Suriyaning shimolidagi Rasulayn tumanida uyushtirilgan hujumda tinch aholidan ikki kishi vafot etdi.

1496967
Rasulaynda uyushtirilgan hujumda tinch aholidan ikki kishi vafot etdi

Suriya shimolidagi Rasulayn tumanida uyushtirilgan ikki boshqa terror hujmida tinch aholidan ikki kishi vafot etar ekan, on bir kishi tan jarohati oldi.

Turkiyaning Shanliurfa viloyatining Jeylanpinar tumani tog‘risida, Suriya tuproqlarida o‘rin olgan Rasulayn tumaniga qarashli Tel - Halaf qishlog‘ida bombaning portlatilishi oqibatida portlash yuz berdi.

Ushbu portlashda jon bergan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.

Ilk portlashning hamon ortidan ayni qishloqda bu gal bomba yuklangan transport portlatildi.

Voqeada tinch aholidan ikki kishi (biri yosh bola) vafot etdi, on bir kishi esa tan jarohati oldi.

Tan jarohati olganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir va ular Turkiyaga olib kelindi.

Hujum ustidan tergov ishlari boshlatgan mahalliy xavfsizlik kuchlari, hujumning YPG/ PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Rasulayn tuman markazi, 2019 – yilning 12 – oktabri kuni, Turk Qurolli kuchlari tomonidan “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgan.



Aloqador xabarlar