Rossiya bilan Ukraina 144 nafardan harbiy asirini almashdi

Zelenskiy Rossiya tomonidan asirga olingan 144 askarni qutqarganliklarini ma’lum qildi.

1850225
Rossiya bilan Ukraina 144 nafardan harbiy asirini almashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan asirga olingan 144 askarni qutqarganliklarini ma’lum qildi.

Zelenskiy videomurojaat orqali bergan bayonotida, “yaxshi va muhim yangilik” bermoqchi ekanini bildirgan holda:

“Ukrainalik 144 nafar askarni rus asirligidan qutqardik. Ular orasida 59 nafari milliy gvardiya jangchilari, 30 nafari dengiz kuchlari, 28 nafari Ukraina Qurolli kuchlari a’zosi, 17 nafari Davlat chegara xizmatchisi, 9 nafari terrorizmga qarshi kurashuvchi askar va 1 nafar politsiya xodimi”.-deya gapirdi.

Qutqarilgan askarlarning eng yoshi kattasi 65, eng kichigi esa 19 yoshda ekanini ham qayd etgan Ukraina Prezidenti:

“Ayniqsa 95 nafar Azovstal himoyachisi uylariga qaytmoqda. Har bir ukrainalikni oʻz uyiga qaytarish uchun kerakli har qanday chorani koʻramiz”.-dedi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka boʻlimi kecha urush boshlagan 24-fevraldan beri Rossiya-Ukraina oʻrtasidagi eng yirik harbiy asirlar almashuvi boʻlib oʻtgani va shu doirada 144 nafar ukrainalik askarni qaytarib olganliklari, ulardan 95 nafarining Azovtsal zavodi himoyacihlari ekanini e’lon qilgandi.



Aloqador xabarlar