Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Suriya siyosatini baholadi

Amaliy tashrif bilan hozirda Qozog’istonda bo’lgan Lavrov u yerda kasbdoshi Muhtar Tleuberdi bilan uchrashib ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan anjumanda Suriya masalasiga to’xtaldi.

1284787
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Suriya siyosatini baholadi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriya siyosatining mintaqada muammo yaratishi mumkinligi shuning uchun ham nima bo’lishidan qat’iy nazar bundan uzoq turilishi kerakligini qayd etdi.  

Amaliy tashrif bilan hozirda Qozog’istonda bo’lgan Lavrov u yerda kasbdoshi Muhtar Tleuberdi bilan uchrashib ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan anjumanda Suriya masalasiga to’xtaldi.

Iroqdagi kurdlarning AQShning Suriyadagi hatti-harakatidan tashvishda ekanligiga e’tibor qaratgan Lavrov,

“AQShning Suriyadagi siyosti mintaqada muammo yaratishi mumkin. Shuning uchun ham nima bo’lishidan qat’iy nazar bundan uzoq turilishi kerak” dedi.  

Lavrov AQShning Suriyadagi hatti-harakatinnig tuturiqsiz ekanligini va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashining Suriyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi haqidagi qarorlarini paymol qilganligini ta’kidladi.

AQSh Davlat rahbari Donald Trumpning, harbiylarining Suriyani tark etishi haqida bir necha marotaba ma’lumot berganligini eslatib o’tgan Lavrov,

“Trump, keyinchalik bunday qarorlar qabul qilish tezligini pasaytirdi.AQSh bergan va’dasini bajarmayapti” deya gapirdi.  

Lavrov, Suriyaning shimolidagi muammoni hal qilish uchun muloqat qilishning shartligini himoya qilgan holda Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi o’zaro bayonotlar ortidan Bashar al-Asad rejimi va YPG/ PKK terror tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o’tkazganliklarini ma’lum qildi.

Lavrov,

“Turkiya-Suriya chegarasida xavfsizlikning ta’minlanishi doxil Suriyaning bu mintaqasidagfi muammoning hal qilinishi uchun ikkala tomon o’rtasida muloqat qilinishi kerakligini ta’kidladik. Buning boshlatilishi uchun yordam beramiz. Umid qilamizki bu qo’llab-quvvatlanadi” deya gapirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu bilan telefon orqali muloqat qilganliklarini eslatib o’tgan Lavrov, “Chavusho’g’lu, Turkiyaning Suriyaning hududiy yaxlitligidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirdi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar