Srebrenitsa qatliomining yana 9 nafar qurboni bugun tuproqqa beriladi

1995-yilning 11-iyuli kuni Ratko Mladich yetakchiligidagi serb armiyasi, BMTtomonidan “Xavfsiz hudud” deb e’lon qilingan Bosniya va Gertsegovina mintaqasida qatliomga qo‘l urdi.

1453176
Srebrenitsa qatliomining yana 9 nafar qurboni bugun tuproqqa beriladi

Yevropada, Ikkinchi Jahon urushi ortidan yuz bergan eng yirik fojia sifatida tanilgan Srebrenitsa qatliomining yana 9 nafar qurboni bugun tuproqqa beriladi.

Bosniya va Gertsegovinaning sharqidagi Srebrenitsada, 1995 – yilning iyul oyida yuz bergan qatliomda o‘ldirilgan va kim ekanligi aniqlangan 9 nafar qatliom qurboni, Potochari qabristonida o‘qiladigan janoza namozi ortidan abadiy huzurga qovushadi.

Janoza namozidan oldin ular orasida Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ham o‘rin olgan dunyoning bir necha lideri tomonidan, qatliomning 25 – yilligi munosabati bilan yuborilgan videolavhali so‘zlari namoyish etiladigan yodga olish marosimi uyushtiriladi.  

Bu yil tuproqqa beriladigan qurbonlarning eng yoshi ana shu vaqtda 23 yoshida bo‘lgan Salko Ibisevich, eng keksasi esa ana shu vaqtda 70 yoshida bo‘lgan Hasan Pezichdir.

Potochari qabristonida bugungacha 6 ming 643 qatliom qurboni tuproqqa berilar ekan, bugun jazona namozi ortidan bu raqam 6 ming 562 nafarga chiqadi.

 

 



Aloqador xabarlar