Stoltenberg: Don mahsulotlarini Ukrainadan olib chiqishda Turkiya muhim rol o‘ynamoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirdi.

1850401
Stoltenberg: Don mahsulotlarini Ukrainadan olib chiqishda Turkiya muhim rol o‘ynamoqda

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg,

“Don mahsulotlarini Ukrainadan olib chiqishda Turkiya muhim rol o‘ynamoqda”.-dedi.

Ispaniya poytaxti Madridda uyushtirilgan NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg:

“Finlyandiya bilan Shvetsiyani NATOga taklif qilish haqidagi qarorni mana shu yerda qabul qildik. Rasmiy ravishda imzo chekish ishlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida kelasi hafta seshanba kuni amalga oshiriladi”.-dedi.

NATO Ukrainaga yana-da ko‘proq yordam berayotgani, Finlyandiya bilan Shvetsiyaning NATOga a’zolik jarayoni bilan bog‘liq Rossiya tashlaydigan qadamlar oldida har qanday o‘zgarishga tayyor turganliklariga e’tibor qaratgan Stoltenberg:

“Ukrainadagi vaziyat, Rossiyaning bu urushda astoydil ekanidan dalolat bermoqda. Buni qayd etdik”-deya gapirdi.

“Rossiya bilan NATO o‘rtasida urush bo‘lishi mumkunligini, buning halokatli va bundan ham yomon natija berish ehtimoli borligini bilamiz”,-degan NATO Bosh kotibi, hozirda faqatgina Ukrainada bo‘lsa ham Yevropada, Ikkinchi Jahon urushidan beri hech ko‘rilmagan inqiroz va urush borligini va buning yana-da yomonlashishi mumkunligini qayd etdi.

Jens Stoltenberg:

“Oxirgi 10 yilning yirik global inqiroziga duch keldik. NATO sifatida biz urushni oldini olishga, tinchlikni kafolatlashga va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga harakat qilyapmiz. Maqsad – voz kechtirish orqali urushga monelik qilishdir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Global miqyosda oziq-ovqat inqirozi yuz bergani, oziq-ovqat narxlarining tarixiy rekord o‘rnatganini, Ukrainada don mahsulotlarining dengiz va quruqlik yo‘li orqali chiqarilishi uchun muzokralarning davom etayotganini qayd etgan Stoltenberg:

“Don mahsulotlarini Ukrainadan olib chiqishda Turkiya muhim rol o‘ynamoqda”.-dedi

Stoltenberg, Iroqdagi NATO vazifasining DEASh terror tashkiloti qaytishini oldini olish ekani, NATO sifatida birinchi marotaba Mavritaniyaga xavfsizlik masalasida yordam berish haqdida qaror qabul qilganliklarini, terrorizmga qarshi kurashda qat’iyat, birdamlik va razvedka ma’lumotlarini bo‘lishish masalasida ancha yo‘l olganliklarini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yens Stoltenberg , #NATO sammiti

Aloqador xabarlar