Stoltenberg Donbas inqirozini hal qilish masalasi Rossiyaga bogʻliq ekanini qayd etdi

Stoltenberg, Bryusselda oʻtkazilgan NATO-Rossiya muzokaralarini baholadi.

1764030
Stoltenberg Donbas inqirozini hal qilish masalasi Rossiyaga bogʻliq ekanini qayd etdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Sharqiy Yevropadagi inqirozning diplomatik yoʻl bilan hal qilinishi uchun bundan buyon qadam tashlashi kerak boʻlgan tomonning (Ukraina chegarasida harbiy kuchlarini toʻplagan) Rossiya ekanini qayd etdi.

Stoltenberg, Belgiya poytaxti Bryusselda oʻtkazilgan va hech qanday natija olinolmagan NATO-Rossiya muzokaralarini Kanadaning CBC News davlat telekanalida baholadi.

Donbas inqirozini diplomatik yoʻllar orqali hal qilish masalasi Ukrainaga emas, Rossiyaga bogʻliq ekanini ifoda etgan Stoltenberg:

“Hujumchi tomon Rossiyadir. Shunday ekan jabrlangan tomonning vaziyatni hal qilishini kutishlik, rasmni teskari oʻqish bilan barobardir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yarashish mumkun ekanini ham qayd etgan Stoltenberg:

“NATO Rossiya qaygʻularini ham tinglashga tayyor ammo taranglikni yumshatish Rossiyaga bogʻliq”.-dedi.

Stoltenberg, Rossiya Ukrainaga yangi harbiy hujum uyushtirgudek boʻlsa unda buning siyosiy va iqtisodiy ziyoni ogʻir boʻlishini yana bir bor ta’kidladi.

NATO bilan Rossiya 2 yillik tanaffusdan soʻng oʻtgan hafta takror muzokara oʻtkazdi biroq aniq olinmagandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #NATO-Rossiya , #Yens Stoltenberg

Aloqador xabarlar