Sulh bitimiga qaramay Asad rejimi yana Idlibda hujum uyushtirdi

Sulh bitimiga qaramay Asad rejimi yana Idlibda hujum uyushtirdi va natija 6 kishinnig umriga zomin bo‘ldi.

1655305
Sulh bitimiga qaramay Asad rejimi yana Idlibda hujum uyushtirdi

Suriyada Bashar al - Asad rejimi va Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan terror guruhlarining Idlibdagi taranglikni kamaytirish mintaqasidagi hujmida tinch aholidan 6 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 13 kishi tan jarohati oldi.

Suriya harbiy bo‘lmagan mudofaa (Oq kaskaliklar) manbaalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra rejim kuchlari Idlibning janubida joylashgan Iblin qishlog‘iga quruqlikdan quruqlikka o‘t ochadigan qurollar orqali hujum uyushtirgan.

Hujumda tinch aholidan 1 nafari ayol kishi jami 6 kishi halok bo‘lgan.

Tan jarohati olgan 13 kishi atrofdagi kasalxonalarga yetkazib borilar ulardan 3 nafarining ahvolining og‘ir ekani qayd etildi.

Boshqa tomondan, muxolifatning Rossiyaga tegishli ekani ifoda etilgan urush uchoqlari, tong saharlab Idlib janubidagi Mozara, Belyun, Fattira va Keferavid qishloqlariga havodan hujum uyushtirdi.

2020 - yilning 5 - martida Rossiya poytaxti Moskvada, Turkiya va Rossiya o‘rtasida sulh bitimi imzolangandi.

Shunga qaramay rejim kuchlarining vaqti - vaqti bilan buzgan sulh, asosan yashirin  qolmoqda. 2017 - 2020 yillarda tinch aholidan qariyb 2 million kishi, Rossiya va rejim kuchlari hujumlarida Turkiya chegarasiga yaqin mintaqalarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #sulh bitimi , #Asad rejimi

Aloqador xabarlar