Tanzaniyada kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlarida 155 kishi halok bo‘ldi

Bosh vazir Kassim Majaliva parlamentdagi nutqida kuchli yomg'ir sabab bo'lgan suv toshqinlarida 155 kishining halok bo'lgani, 236 kishining tan jarohati olgani ma'lumotlari bilan o'rtoqlashdi.

2132319
Tanzaniyada kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlarida 155 kishi halok bo‘ldi

Tanzaniyada kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlarida 155 kishi halok bo‘ldi.

Bosh vazir Kassim Majaliva parlamentdagi nutqida kuchli yomg'ir sabab bo'lgan suv toshqinlarida 155 kishining halok bo'lgani, 236 kishining tan jarohati olgani ma'lumotlari bilan o'rtoqlashdi.

Yomg'irlarning 26 mintaqada 200 ming kishiga zarar yetkazganini ifoda etgan Majaliva, 10 ming uyning zarar ko'rganini qayd etdi.

Suv toshqinlari oqibatida ayrim maktablar, yo‘llar, ko‘priklar va sog‘liqni saqlash muassasalari zarar ko‘rgan, ko‘plab qishloq xo‘jalik hayvonlari ham nobud bo‘lgan.

Tanzaniya meteorologiya agentligi ma'lumotlariga ko'ra, kuchli yomg'ir keyingi oygacha davom etishi kutilmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar