Tramp,Turkiyaning operatsiya uyushtirish ehtimoli bo’lgan hududni 50 nafar askar tark etdi dedi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp,  Suriyaning shimolida Turkiyaning operatsiya uyushtirish ehtimoli bo’lgan hududdan 50 nafar askari hududni tark etganini  e'lon qildi.

1283641
Tramp,Turkiyaning operatsiya uyushtirish ehtimoli bo’lgan hududni 50 nafar askar tark etdi dedi
trump-erdogan.jpg

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp,  Suriyaning shimolida Turkiyaning operatsiya uyushtirish ehtimoli bo’lgan hududdan 50 nafar askari hududni tark etganini  e'lon qildi.

Oq uydagi yuqori martabali rasmiylar ishtirokidagi matbuot anjumanida Tramp jurnalistlarga Suriya  qarori haqida bayonot berdi.

AQSh Suriyada kerak bo'lgan vaqtdan uzoqroq turganini aytgan Tramp,

"Ushbu hududlar ( Suriyaning shimoli Turkiya operatsiya uyushtiradigan hudud), 50  nafar askar bor edi va bu kishilar mintaqani tark etdi “deya qayd etdi.

Tramp AQSh Suriyadagi DAESh odamlarini va ularning oilalarini uzoq vaqt ushlab turolmasligini ta'kidladi.

"Biroq, ayni paytda, biz Yevropa mamlakatlariga  ishonishimiz  kerak.   DEASh jangchilariga ehtiyot bo’lishlari uchun  Eroni  Iroq, Turkiya, Suriya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarga ishonishimiz  kerak deya  ma’lum qildi.

Tramp, harbiy vakillar  Suriya qarorini ma'qullashi yoki rad etishi  haqidagi  bir savolga,

"Biz odamlarni uyimizga qaytarishimiz kerak. U yerda biz jang qilmayapmiz, politsiyachilik vazifasi olib bormoqdamiz",- dedi u.

Tramp, shuningdek, yakshanba kuni kechqurun Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'on bilan telefon orqali muloqoti haqida xabar berdi.

"Men Erdo’g'anga (Suriyada) hammaga hurmat bilan munosabatda bo'lishiga umid qilganimni aytdim “ deb  ma’lum qildi.

Tramp, AQSh va Yaponiya o'rtasida Oq Uyda bo'lib o'tgan savdo bitimini imzolash marosimidan keyin bergan bayonotida, Suriya haqidagi qarorning to'g'ri ekanligini ta'kidlab,

"Men Suriyada hech kimni qo'llab-quvvatlamayman"  va Erdo’g'an bilan "yaxshi munosabatlarim " bor deya qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Askar , #Operatsiya , #Turkiya , #Suriya , #Tramp

Aloqador xabarlar