Trump: “Turkiyaning NATO tarkibidagi obruli a’zo ekanligini unutmang”.

AQSh Davlat rahbari Donald Trump, Turkiyaning NATOdagi o'rniga e'tibor qaratdi.

1284132
Trump: “Turkiyaning NATO tarkibidagi obruli a’zo ekanligini unutmang”.

AQSh Davlat rahbari Donald Trump, Turkiyaning NATOning muhim a'zolaridan biri ekanligini qayd etdi.

Donald Trump Twitterda bergan bayonotida,

“Ko’pchilik Turkiyaning AQShning yirik savdo sherigi ekanligini unutmoqda. Turkiya F-35 rusumidagi urush uchoqlarining po’lat gavdasini yasayapti. Shu bilan birga (Suriya) Idlibda ko’plab hayotni qutqarishda menga yordam berdi. Shuningdek (Turkiyada ancha vaqt nazorat ostida tutilgan amerikalik) pastor Brunsonning qaytishini ta’minladi. Eng muhimi Turkiyaning NATO tarkibidagi obruli a’zo ekanligini unutmang” degan ifodalarga o’rin berdi.

Trump Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning 13-noyabr kuni shaxsining taklifiga binoan  AQShga tashrif buyurishini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Donald Trump Twitterda qoldirgan boshqa postida AQShning YPG/ PKK terror tashkilotini qurol va pul bilan ta’minlashni davom ettirishini ma’lum qildi.

Trump bu haqida,

“Suriyadan chiqish jarayonida bo’lishimiz mumkin lekin kurdlarni tark etayotganimiz yo’q. Ular oddiy insonlar emaslar, ajoyib jangchilardir. Shu bilan birga NATO orqali ittifoqdoshimiz va savdo sherigimiz bo’lgan Turkiya bilan bo’lgan munosabatimiz a’lo darajada” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Donald Trump

Aloqador xabarlar