Viktor Orban: “Turkiyasiz Yevropaga yo’l olgan migratsiyani to’xtatish imkonsiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Viktor Orban poytaxt Budapeshtdagi yig’ilish ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1302853
Viktor Orban: “Turkiyasiz Yevropaga yo’l olgan migratsiyani to’xtatish imkonsiz”.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiya tomonidan Suriyada yo’lga qo’yilmoqchi bo’lgan qayta qurish loyihalarida hech ikkilanmay ishtirok etmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Viktor Orban poytaxt Budapeshtdagi Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yig’ilishi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdo'g’anning shaxsi bilan Turkiya-Suriya chegarasida tashkil etilishi rejalashtirilgan xavfsiz hudud haqidagi loyihalar haqida ma’lumot bo’lishganligini va Vengriyaning buni qo’llab-quvvatlashini eslatib o’tgan Orban,

“Uy-joyini tark etishga majbur qolganlar uylariga qayta olishi kerak. Bir insonning uyining bo’lishi dunyodagi eng muhim masala. Yurtini tark etishga majbur bo’lganlarning qaytishiga yordam berishlik esa undan ham muhimdir. Hurmatli Erdo’g’an tashkil etiladigan xavfsiz hudud haqidagi loyihalarini men bilan ham bo’lishdi. Loyihalarda shahar-qishloqlarning, cherkovlarning, maktablarning, kasalxonalarning qayta qurilishi masalasi o’rin olgan. Vengriya boy va yirik davlat bo’lmasa ham zimmasiga tushgan vazifani bajaradi. Prezident Erdo'g’an ma’lum qilgan qayta tiklash loyihalarida chin dildan ishtirok etamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Uchrashuvlarda xavfsizlik va migratsiya masalasini muhokama qilganliklarini, Turkiyaning noqonuniy migratsiyaga qarshi jiddiy kurash olib borayotganligini va joriy yilning oktabr oyigacha 350 ming tartibsiz migratsiyaning oldini olganligiga e’tibor qaratgan Orban,

“Turkiyasiz Yevropaga yo’l olgan migratsiyani to’xtatish imkonsiz. Turkiya Vengriyaning strategik sherigidir” deya gapirdi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi mudofaa sanoatidagi hamkorlikning davom etganligiga e’tibor qaratgan Orban, “Ikkala mamlakat ham NATOga a’zodir. Shuning uchun harbiy jihatdan ham sherikmiz. Turkiya harbiy kuch jihatidan NATOdagi ikkinchi yirik kuchdir. Turkiya bilan sherik ekanmiz mudofaa siyosati va sanoatida ham hamkorlik qilishga urinyapmiz” deya gapirdi.

Turkiya v Vengriyaning Afrikada mushtarak loyihalar yo’lga qo’yayotganligini eslatib o’tgan Orban, Turkiya va Vengriyaning shu doirada Keniyaga shifokor yuborganligini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vengriya , #Viktor Orban , #xavfsiz hudud

Aloqador xabarlar