XKK Iroqdagi DEASh a’zolarini butunlay yo’q qilishda qarorli

Xalqaro Koalitsiya kuchlari Iroqdagi DEASh terror tashkiloti a’zolarini butunlay yo’q qilishda qarorli.

1303789
XKK Iroqdagi DEASh a’zolarini butunlay yo’q qilishda qarorli

Iroq Mudofaa vazirligining qayd etishicha Mosul viloyatining Mahmur tumaniga qarashli Karachok tog’ida DEASh terror tashkiloti obyektlariga qarshi 14 marotaba havodan hujum uyushtirilgan.

Mudofaa vazirligiga qarashli media tarmog’i tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, DEASh terror tashkiloti a’zolarini butunlay yo’q qilish maqsadida Xalqaro Koalitsiya kuchlari tomonidan Karachok tog’ida 14 marotaba havodan hujum uyushtirilganligini ifoda etildi.

Iroqning terrorizmga qarshi kurash uchun tuzilgan kuchining amaliyotning bir bo’lagi ekanligi aytilgan bayonotda, nechtaligiga to’xtalmay DEASh terror tashkilotining ko’pchilik a’zosining o’ldirilganligi qayd etildi.

DEASh terror tashkiloti 2014-yilning iyun oyida Mosul bosh bo’lish bilan birga Iroq tuproqlarining uchdan bir bo’lagini bosib olgandi.

Iroq xavfsizlik kuchlari 2017-yilning dekabr oyida nomi tilga olingan tuproqlarning yirik qismini qaytarib olgan.

DEASh terror tashkilotining hududdan chiqarilishi va shaharlarning qaytarib olinishiga qaramay tashkilotning ayniqsa Kerkuk, Diyala, Mosul, Salohiddin va Anbar viloyatlariga qarashli qishloqlardagi hujumlari haligacha davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar